Savol-javob

Maktabga oquvchi qabul qilish tartibi

Maktab-internatga o`quvchilarni qabul qilish O`zbkiston Rspublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat tst markazining Ayrim fanlar chuqur o`rganiladigan davlat umumtalim muassasalarining ixtisoslashtirilgan sinflariga, davlat ixtisoslashtirilgan umumtalim muassasalariga o`quvchilar qabul qilish tartibi to`g`risidagi Nizomni tasdiqlash haqidagi 2012 yil 1 fvraldagi 2321-sonli qarori asosida 5- sinfdan qabul qilinadi .
O`quvchilarning qabul qilinishi uchun zarur bo`lgan hujjatlar ro`yxati .
1. Maktab direktori nomiga ariza
2. 086/u formadagi tibbiy ma`lumotnoma
3. 063 formadagi tibbiy ma`lumotnoma
4. Tugilganlik xaqidagi guvoxnomaning asl nusxasi
5. 34 rasm (6 dona)
6. Yashash joyidan malumotnoma
7. Tavsifnoma ( xarakteristika)
8. Tabelning nusxasi
-
23402000300100001010

00014
201122919

Ota-onalar tomonidan beriladigan eng ko`p savollariga javoblar

1. Qaysi yoshdan boshlab maktabga bersam bo`ladi?
Javob: 7 yoshdan boshlab maktabga bergan ma`qul
2. Farzandim xotirasini mustahkamlash uchun nima qilishim kerak?
Javob: Ko`proq she`r yodlash, xotira mashqlarini o`tkazish, til o`rganishga qiziqtirish kerak
3. Og`zaki nutqini rivojlantirish uchun nima qilish kerak?
Javob: Ko`proq suhbatlashish,badiiy kitoblarni o`qishga qiziqtirish
4. Farzandim ko`proq televizor va kompyuter qarshisida o`tiradi,nima qilsam bo`ladi?
Javob: Bo`sh vaqtlarida sport va fan to`garaklariga qatnashishini ta`minlang
5. Nima uchun farzandim do`stlari bilan emas, yolg`iz bo`lishni istaydi?
Javob: Ko`proq bolalar o`rtasida bo`lishni ta`minlash,harakati va fikrini cheklamaslik kerak
6. Farzandimni darslarni o`zlashtirishida qaysi partada o`tirishi muhimmi?
Javob: Darga qiziqqan o`quvchi uchun bu muhim emas
7. Farzandim kasal bo`lgandan so`ng o`qishlari pasayib ketdi.Nima uchun?
Javob: Oradagi bo`shliqni to`ldirish uchun ishlab, ruhiyatiga ijobiy ta`sir o`tkazish kerak
8. Farzandimga qo`l telefoni bersam bo`ladimi?
Javob: Agar turar joyingiz maktabdan uzoq bo`lsa, nazorat qila olsangiz, darslarga xalaqit bermasa ishlatish mumkin
9. Farzandim chap qo`lda yozadi uni o`ng qo`lda yozishga o`rgatishim shartmi?
Javob: Yo`q shart emas
10. Farzandim ertalab o`rnidan turishga qiynaladi.Nima qilay?
Javob: Kun tartibiga qat`iy rioya qilishga o`rgating
11. Farzandimni o`qish tezligini oshirish uchun nima qilishim kerak?
Javob: Har kuni 30 minut kitob o`qishini nazorat qilib turing
12. Farzandimni xulqi o`zgargan ,nima qilay?
Javob: Darsdan tashqari birga o`ynaydigan o`rtoqlarini kuzating
13. Bolamning ko`rish qobiliyati past lekin u ko`zoynak taqishni xoxlamaydi,qanday maslahat berasiz?
Javob: Kelajagi ,sog`ligi uchun ko`zoynak muhimligini tushuntirish kerak
14. Farzandim darslarga faol qatnashishi uchun nima qilishim kerak?
Javob: Yaxshi baho olib kelganda uni rag`batlantiring
15. Farzandim ingliz tilidan qanday o`qiydi?
Javob: Birinchi, ikkinchi chorakdagidan ancha o`zgargan
16. Men qanday qilib farzandimga ingliz tili fanidan uy ishlariga yordam berishim mumkin?
Javob: Yangi chiqayotgan darsligimizda ota-onalar burchagi bor. Bunda ota-onalarga mos tarzda mashqlar tushuntirilgan. Shundan foydalaning
17. Farzandim necha yilda bemalol ingliz tilida gaplashadigan bo`ladi?
Javob: Bu farzandingizning muntazam fan bilan shug`ullanishiga bog`kiq
18.Yangi so`zlar yodlatishning qanday oson yo`llari bor?
Javob: Iloji boricha so`zlarni bir-biri bilan bog`lab o`rgating
19. Darslikdan tashqari qanday kitoblarni olib berishim mumkin?
Javob: Yoshiga mors tarzdagi kitoblarni tanlaganingiz ma`qul
20. Internetdagi yoki kompyuterdagi inglizcha o`yinlarning zararli tomonlari bormi?
Javob: Har bir narsaning me`yori bor. Agar o`yin aqlni charxlaydigan intelektual o`yin bo`lsa, daqiqasini chegaralab ruxsat berishingiz mumkin
21. Aytishlaricha ikki xil ingliz tili bor ekan, Britancha Va Amerika tili. Qaysi biri farzandimiz uchun qulay?
Javob: Britancha ingliz tili
22. Maktabingizda o`zbek xalq ertaklarining ingliz tilidagi variant bormi?
Javob: Ha, maktab kutubxonasida ingliz tiliga oid burchak bo`lib, unda fanga oid ko`p kitoblar bor
23. Tovushlar bilan bog`liq muammolarni qandayhal qilish mumkin?
Javob: Farzandingizga so`zlashuvga oid cd disklarni qo`yib bering
24. Qanday qilib ko`proq she`r, qo`shiq o`rgatish mumkin?
Javob: Darslikdan tashqari,o`quvchining bo`sh vaqtida ingliz tilidagi multifilm, film va qo`shiqlarni qayta-qayta qo`yib bering va natijada ularning matni yod bo`lib qoladi

dle

Maktab haqida

Maktab-internat 1994-yil avgust oyida Ozbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning Iqtidorli yoshlarni qollab quvvatlash va ularni ragbatlantirish togrisidagi qaroriga asosan Urganch pedagogika bilim yurtining ikkinchi yotoqxonasi oquv xonalariga moslashtirib tashkil qilindi.

Biz bilan aloqa

Statistika