Maktab internat nizomi

Xorazm viloyati 8-son ayrim fanlar chuqur o`rganiladigan ixtisoslashtirilgan maktab-internatning

 USTAVI

 UMUMIY KOIDALAR.

   Urganch shahridagi 8-son ixtisoslashtirilgan viloyat maktab-internati (bundan keyin matnda maktab-internat) O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi , «Ta`lim tug`risida», «Kadrlar tayerlash milliy dasturi to`g`risida»gi qonunlari O`zbekiston Respublikasi Prezidentining ta`lim sohasiga oid farmonlari, qarorlari , jumladan 2007 yil 26 fevraldagi PF-3857-sonli «Xalq ta`limi muassasalarini moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish to`g`risida»gi Farmoni, 2007 yil 29 martdagi PK-609-sonli «Umumta`lim maktab-internatlarining namunaviy shtatlarini tartibga solish chora-tadbirlari tug`risida»gi qarori, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 5 yanvardagi «Uzluksiz ta`lim tizimi uchun davlat ta`lim standartlarini  ishlab chiqish va joriy etish tug`risida»gi 5-sonli, 1998 yil 13 maydagi «O`zbekiston Respublikasida umumiy o`rta ta`limni tashkil etish tug`risida»gi 203-sonli hamda 2004 yil 9 iyuldagi «2004-2009 yillarda maktab-internat ta`limini rivojlantirish Davlat umummilliy dasturini amalga oshirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi 321-sonli, 2005 yil 21 dekabrdagi «Xalq ta`limi xodimlari mehnatiga xaq to`lashning takomillashtirilgan tizimini tasdiqlash to`g`risida»gi 275-sonli, 2007 yil 30 martdagi «Xalq ta`limi muassasalarining moliyaviy-iqtisodiy ta`minotini takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish to`g`risida»gi 63-sonli qarorlari asosida tashkil qilingan bo`lib, o`z faoliyatida yuqoridagi xujjatlarga, Xukumatning, Xalq ta`limi vazirligining ta`lim-tarbiyaga oid qaror,farmoyish,buyruq va ko`rsatmalariga va mazkur Ustavga amal q

  • Maktab-internat uzluksiz ta`lim tizimining asosiy bo`g`ini bo`lib, u o`quvchi-yoshlarga V-IX sinf hajmida davlat ta`lim standartlari asosida fan asoslaridan umumiy o`rta ma`lumot beruvchi kunduzgi majburiy ta`lim muassasasidir.
  • Maktab-internat xalq ta`limi tizimidagi mustaqil yuridik shaxs hisoblanadi va davlat gerbi tasviri tushirilgan muhriga, shtampiga, g`aznachilik bo`limlari va banklarda hisob raqamiga va boshqa belgilariga  ega bo`
  • Maktab-internatni Davlat test markazi xuzuridagi kadrlar tayerlash sifatini nazorat qilish va attestatsiya boshqarmasi o`tkazgan attestatsiya natijalariga ko`ra viloyat xalq ta`limi boshkarmasining roziligi bilan  maxalliy xokimiyat qaroriga asosan tugatilishi eki ta`limning bir turidan boshqa turiga o`zgartirilishi mumkin.
  • Maktab – internati O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi Vazirligi tizimida bo`lib bevosita viloyat xalq ta`limi tasarrufida bo`ladi.
  • Maktab-internat o`quvchilarining umumiy soni sanitariya – gigiyena mezon va me`yorlarini etiborga olgan holda 360 nafar o`quvchi atrofida bo`ladi.
  • Maktab-internat Xorazm viloyati, Urganch shahri, Istiqlol ko`chasi ¹ 2 uyda

 

  1. MAKTAB-INTERNATNING MAQSADI VA VAZIFALARI.

 

  • Maktab-internatning asosiy maqsadi o`quvchilarni davlat ta`lim standartlariga muvofiq o`qitish va tarbiyalash, shaxsning ta`lim olishga doir konstitutsiyaviy xuquqini ruyobga chiqarishdan iborat.
  • Maktab-internatda ta`lim Xalk ta`limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan o`quv rejasi va dasturlari asosida bilim ,kunikma va malakalarning zarur hajmini beradi, ulardagi tashkilotchilik qobiliyatlari va amaliy tajriba ko`nikmalarini rivojlantiradi hamda ularga ta`limning keyingi bosqichini ongli ravishda mustaqil tanlashga ko`maklashadi.
  • Maktab-internat ta`lim – tarbiya ishlarini har bir shaxs, jamiyat va davlat  manfaatlarini ko`zlagan holda amalga oshiradi, o`quvchilarning xar tomonlama qaror topishi uchun qulay shart – sharoitlar yaratib beradi, shu jumladan  o`quvchilarning o`z ustida mustaqil ishlashlari va qo`shimcha bilim olishlari uchun imkoniyatlar yaratadi.
  • Bola xuquqlarini ta`minlash, uning qadr — qimmatini  e`zozlash, bolaga do`stona munosabatda bo`lish muhitini shakllantirish maktab-internatning asosiy vazifalaridan biridir.
  •   Maktab-internatning asosiy vazifalari:

 

  • ukuvchining qaysi millatga, dinga, irqga mansubligidan, ijtimoiy kelib chiqishidan qat`iy nazar, umumiy o`rta ta`lim olishi uchun imkoniyatlar yaratib beradi;
  • ta`limning uzluksizligini, izchilligini, insonparvarligi va demokratikligini, ilmiyligi va dunyoviyligini ta`minlaydi;
  • iste`dodli, qobiliyatli, bilimdon yoshlarni qo`llab -quvvatlaydi, rag`batlantiradi;
  • o`quvchilarga puxta bilim va ko`nikmalarni berishda yangi pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda o`quv jarayonini tashkil etadi;
  • o`quvchilarda milliy hamda umumbashariy qadriyatlarni uzviy birlashtirish asosida milliy g`oya ruhida yuksak ma`naviy-axloqiy  fazilatlarni kamol toptiradi, uni xaqiqiy inson, Vatanga sadoqatli fuqaro sifatida shakllantiradi;
  • o`quvchilarda mustaqil O`zbekiston Respublikasiga va uning Konstitutsiyasiga sodiqlikni shakllantiradi, Davlat ramzlariga (bayrog`i, madxiyasi va gerbi) hurmatini, kat`iy intizom va fan asoslarini puxta egallashga sidqidildan yondashishni ta`minlaydi.

 

  • Maktab-internatda sifatli umumiy o`rta ta`lim berish asosida kuyidagi pirovard natijalarga erishiladi:

 

  • Bilimli, barkamol, madaniyatli shaxslarni shakllantirish, ularni oila, jamiyat, davlat oldidagi ma`suliyatni to`la anglaydigan va egallagan bilimlarni hayotga tadbiq eta biladigan  shaxs sifatida kamol toptirish;
  • Ahloqan pok, jismonan baquvvat, Vatanga sadoqatli, izlanuvchan fidoiy inson, o`zining mustaqil fikriga ega, tashabbuskor sog`lom avlodni yetkazib berish;
  • Maktab–internatda ta`lim-tarbiya oluvchilarni o`rta maxsus ta`lim muassasalarida va oliy ta`lim muassasalarida o`qishlarini davom ettirishlari uchun tayyorlab borishdan iboratdir.

 

III. MAKTAB-INTERNAT TA`LIM-TARBIYa JARAYoNINING MAZMUNI VA UNI TAShKIL ETISh

 

  • Maktab-internatdagi ta`lim jarayoni umumta`lim dasturining ikki bosqichiga muvofiq amalga oshiriladi:
  1. a) umumiy urta ta`lim V-IX cinflar
  2. b) IX-XI sinflar istisno tariqasida ota – onalar va o`quvchilar hoxishiga ko`ra.
  • Iqtidorli o`quvchilar tibbiy pedagogik komissiya va maktab-internat  ruxshunoslik xizmat ko`rigidan o`tgan o`quvchilar tanlov asosida  qabul qilinadi. Qabul qilingan o`quvchilar o`quv yili boshlangunga qadar buyruq bilan rasmiylashtiriladi.
  • Maktab-internatda ta`lim O`zbekiston Respublikasi XTV tomonidan tasdiqlangan maxsus o`quv rejasi va dasturlariga muvofiq amalga oshiriladi.
  • Maktab-internatda ta`lim o`zbek tilida O`zbekiston Respublikasining «Davlat til tug`risida» gi qonunlariga muvofiq amalga oshiriladi. Ta`lim tilini tanlashga mazkur maktab-internat xududida istiqomat  qiladigan ota-onalarning xoxish – istaklari  inobatga olinadi.
  • Davlat ta`lim standartlari talablari doirasida ukuv dasturini yetarli uzlashtira olmagan ukuvchilar uchun konsultatsiyalar va kushimcha mashgulotlar tashkil kilinadi.
  • Kundalik ukuv mashgulotlari soni va tartibi maktab-internat direktori tomonidan tasdiklangan dars jadvali bilan belgilanadi, darslar V-IX sinflarda 45 dakikacha, ukuv xaftasi 6 kun davom etadi. Darslar orasida tanaffuslarning davom etishi ukuvchilarning faol dam olishlari va issik ovkat tanavvul etishlari xisobiga olingan xolda belgilanadi.
  • Maktab-internat ukuvchilariga tibbiy xizmat kursatish, maxsus biriktirilgan tibbiy xodim tomonidan amalga oshiriladi va tibbiy xodim ma`muriyat bilan teng ravishda bola sog`ligi uchun ma`suldir.
  • Maktab-internatda o`quvchilarni sinfdan-sinfga ko`chirish, yakuniy atttestatsiyalarni o`tkazish Xalq ta`limi vazirligi  tomonidan ishlab chiqilgan xujjatlar (nizom, yuriknoma) ga asosan amalga oshiriladi.
  • Ukuvchilarni tibbiy    komissiya xulosasiga asosan sinfdan – sinfga kuchirish eki yakuniy attestatsiyadan ozod qilish masalasi Xalq ta`limi vazirligi va Sog`liqni saqlash vazirligi qo`shimcha buyrugiga asosan hal etiladi.

3.10.O`quvchilarga maktab-internatni  tamomlaganligi haqidagi xujjatlarni berish

tartibi, yakuniy attestatsiyaning  belgilangan tartibidan istisnolar Xalk ta`limi

vazirligi tomonidan belgilanadi.

  • Maktab-internatning yakuniy attestatsiyalaridan muvaffaqiyatli o`tgan o`quvchilarga davlat namunasidagi  shaxodatnoma, ta`limda alohida muvaffakiyatlarga  erishganlarga  a`lo darajali  shaxodatnoma topshiriladi.
  • Maktab-internatda darsning o`quv choragi va  o`quv yilining davom etish muddati, kunlar va xaftalar buyicha darslar jadvali, sinflarning to`ldirilishi va o`quvchilarga beriladigan o`quv yuklamalari umumiy o`rta ta`lim  davlat standartlariga   muvofiq
  • Maktab-internatda o`quv yili 1 sentabrdan boshlanadi va 31 avgustda tugaydi. Ukuv yilidagi o`quv mashg`ulotlari 2 sentabrda boshlanadi va 25 mayda tugaydi.

O`quv yilidagi  o`quv mashg`ulotlar 4 chorakka (2 yarim yillikka ) bo`linadi, ularning boshlanishi va oxiri o`quv rejasi bilan belgilanadi.

O`quv yili davomida kuzgi, qishgi, bahorgi ta`tillar kamida 30 kalendar kuni qilib belgilanadi va u Xalq ta`limi vazirligining  maxsus buyrug`i (tayanch o`quv  rejasini tasdiqlash vaqtida) bilan belgilanadi.

Yozgi ta`til o`quv yili mashg`ulotlari (imtixonlari) tugagan kundan boshlab 31 -avgustgacha davom etadi.

  • Maktab-internatda o`quv ishlari va mashg`ulotlari bayram kunlari utkazilmaydi.

1 yanvar          — Yangi yil

8 mart              — Xotin-kizlar kuni

21 mart            — Navruz bayrami

9 may              — Xotira va qadrlash kuni

1  sentabr        — Mustakillik kuni

1 oktabr           — O`qituvchilar va murabbiylar kuni

8 dekabr          — Konstitutsiya kuni

Ramazon va Kurbon hayiti bayramlarining 1-kuni.

  • Kundalik o`quv mashg`ulotlari soni va tartibi maktab-internat direktori tomonidan tasdiqlangan  dars jadvali bilan belgilanadi. Darslar orasida tanaffuslarning davom etishi o`quvchilarning faol dam olishlari va issiq ovqat tanovvul qilishlarini hisobga olgan holda belgilanadi.
  • V-IX sinf o`quvchilariga pedagogik talablar xar-bir bolaning shaxsiy xususiyatlarini xisobga olgan holda uy vazifasi beriladi.
  • Maktab-internat o`quvchilarining bilimlari Xalq ta`limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan baholash tizimi asosida amalga oshiriladi.
  • Maktab-internatlar uchun iqtidorli bolalarni izlash, tanlab olish, ixtisoslashtirilgan sinflar tashkil etish, iqtidorli o`quvchilardan tashkil qilingan ixtisoslashtirilgan sinf o`quvchilari maxsus, jumladan, mualliflik (variantiv) o`quv dasturlari va yakka tartibdagi dasturlari va yakka tartibdagi dasturlar asosida ta`lim oladilar.
  • Maktab-internatda ta`lim asosan to`rt yunalishda:
  • Matematika-ingliz tili –ona tili va adabiyot,
  • Ingliz tili-tarix-ona tili va adabiyot,
  • Kimyo-Biologiya-ona tili va adabiyot;
  • Ingliz tili-Rus tili –ona tili va adabiyot;

yunalishlarida chuqurlashtirilgan ta`lim beriladi.

 

  • Maktab-internatda chukurlashtirilib o`qitiladigan fanlar belgilangan tartiblarga muvofiq ikki guruxga bo`lib o`qitiladi.
  • Maktab-internatdagi  sinfdan tashqari mashg`ulotlar va to`garak ishlari ixtisoslik buyicha o`quvchilarning qiziqishi va qobiliyatini hisobga olgan holda o`tkaziladi.

 

  • Maktab – internatida o`qishni istagan o`quvchilarning ota – onalari yoki ularni o`rnini bosuvchi shaxslar quyidagi xujjatlarni topshiradilar:
  1. A) Direktor nomiga ariza
  2. B) Tug`ulganlik xaqida guvoxnoma nusxasi.
  3. S) Salomatlik to`g`risida ma`lumotnoma , 0,86/u forma.
  4. D) Oldingi sinfdagi tabelidan ko`chirma.
  5. E) 4 dona foto surat : 3 x 4 xajmda 2 dona, 6 x 9 xajmda 2 dona.

 

IV.O`QUVChILARNING HUQUQ VA BURChLARI

 

  • O`quvchilar quyidagi huquqlapga egadirlar:
  • davlat standartlariga muvofiq, bepul umumiy ta`lim olish;
  • o`z insoniy   qadr-qimmatlarining hurmat qilinishi, vijdon  va  axborot erkinligini  xis qilishi,  o`z  qarashlari  va e`tiqodlarini  erkin ifoda etish;
  • ta`lim muassasasini boshqarishda  qatnashish;
  • turli xil ilmiy faoliyat  bilan  shug`ullanish,   seminarlar, anjumanlar, olimpiadalar,  ko`rgazma va tanlovlarda ishtirok etish;
  • o`quv shaklini  mustaqil tanlash;
  • qo`shimcha (fakultativ) ta`lim olish xizmatidan foydalanish;
    • Maktab-internat o`quvchilari:
  • Uzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, milliy ahlok-odob qoidalariga rioya qilish, respublikaning munosib fuqarosi bo`lish, O`zbekiston Respublikasining gerbi, bayrog`i va madxiyasini bilish va hurmat qilish, ular bilan bog`liq bo`lgan marosimlarni ado etish; ta`lim muassasalarining ustavi va ichki tartib-koidalarini so`zsiz bajarishlari;
  • Davlat ta`lim standartlari hajmida umumiy ta`lim olish uchun intilishlari;
  • maktab-internatga dars jadvali asosida o`z vaqtida  kelishi, barcha darslarda ishtirok etishi, sababsiz dars qoldirmasliklari;
  • o`quv jarayoni uchun  kerak bo`lgan barcha jihozlarni, kundalik daftari, darslik o`quv qo`llanmalari, daftarlarini to`lik olib kelishlari;
  • maktab-internatda kiyinish  madaniyatiga ko`yilgan talablarga rioya qilishlari;
  • o`qituvchilar tomonidan berilgan topshiriqlarni  o`z vaqtida bajarishlari;
  • bilimi va  amaliy ko`nikmalarini  mustaqil  ravishda oshirib va mustahkamlab  borishlari  hamda umumlashtirish saviyalarini yuksaltirishlari;
  • maktab-internat va jamoat topshiriklarini bajarishda faollik ko`rsatishlari;
  • maktab-internat va jamoat mulkini avaylab-asrashlari talab etiladi.
    • O`qituvchilar va o`quvchilar o`rtasidagi murakkab vaziyatlarni va muammolarni hal qilish maqsadida maktab-internatda adolat komissiyasi tuziladi. Unda ota-onalar tomonidan yozma yoki og`zaki holda beril­gan arizalar ko`rib chiqiladi va hal etiladi.
    • Jamoat tartib-qoidalarini buzgan, maktab-internat jihozlarini va mulkini ishdan chiqargan, tizimli ravishda o`qituvchilar va maktab-internat rahbariyatining shahsiyatiga tegadigan hatti-harakatlar sodir etadigan o`quvchiga nisbatan maxalliy hokimlik qoshidagi voyaga yetmagan yoshlar bilan ishlash komissiyasi bilan kelishgan holda tegishli choralar qo`
    • Ustav asosida DTS talablariga javob bera olmaydigan, muntazam ravishda qoniqarsiz baholarni olayotgan o`quvchilar oddiy umumiy ta`lim maktablariga o`
    • Maktab-internatda amaldagi qonunchilikka asosan o`quvchilar uyushmasi va boshqa jamoat tashkilotlari faoliyat ko`rsatish huquqiga ega.

 

V. MAKTAB-INTERNAT PEDAGOGIK XODIMLARI

 

  • Maktab-internat ishiga tegishli ma`lumotga, kasb tayyorgarligiga ega bo`lgan kadrlar, maktab-internat ehtiyojiga ko`ra, direktorning buyrug`i asosida, shartnomaga binoan qabul qilinadi;
  • Pedagogik xodimlarning huquqlari, burchlari va vazifalari, ularni ijtimoiy himoya qilish O`zbekiston Respublikasining «Ta`lim tug`risida» gi qonuni va Mexnat kodeksi bilan belgilanadi.
  • Maktab-internat pedagogik xodimlari:
  • pedagog-o`qituvchi o`zi dars beradigan fanini yaxshi bilishi;
  • maktab-internatda, jamoat orasida o`z bilimi, yurish-turishi, yuksak ma`naviy-ahloqiy fazilatlari, ichki va tashqi madaniyatliligi, namunaviy turmush tarzi, kiyinish odobi bilan boshqalarga o`rnak bo`lishlari;
  • ijtimoiy xayot uchun maqbul bo`lmagan xatti-harakatlar qilishdan saqlanishlari, o`quvchilarining ham xatti-harakatlaridan xabardor bo`lishlari;
  • maktab-internat obro`si, ta`lim – tarbiya sifati va samaradorligini oshirish yo`lida faollik ko`rsatishlari;
  • kasb mahoratining yuksak darajada bo`lishi, ta`lim oluvchilarning o`quv dasturlarini davlat ta`lim standartlari darajasida o`zlashtirishlarini ta`minlashlari;
  • o`quvchilar shaxsini hur­mat qilishlari, ularni mavjud qonunlarga, mehnatga, ota- onalarga, ma`naviy, tarixiy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashlari;
  • o`sib-ulg`ayib kelayotgan yosh avlodni bir-birini tushunish, xalqlar, millatlar va el-elatlar o`rtasidagi tinchlik ahillik va inoqlik ruhida tarbiyalashlari va ular­ni zo`ravonlikning barcha ko`rinishlaridan himoya qilishlari;
  • o`zlarining kasbiy maxoratlarini doimo takomillashtirib borishlari talab etiladi.
    • Pedagog-o`qituvchilar maktab-internat ustavi, ichki tartib qoidalarida belgilangan kiyinish madaniyati talablariga amal qilishlari lozim.
    • Maktab-internat ta`lim-tarbiya ishlarida yuqori natijalarga erishgan o`qituvchilar amaldagi qonun va qoidalarga binoan moddiy va ma`naviy jihatdan rag`batlantirilib boriladi.
    • Maktab-internatda hap bir fan yo`nalishida uslub birlashmalar tuzilib, ular reja aso­sida faoliyat ko`rsatadi va ta`lim-tarbiyaning sifati va samaradorligini oshirishga xizmat q
    • O`qituvchilar:
  • mashg`ulot o`tkazishga tayyorgarlik ko`radi, o`z kasbiy malakasini muntazam ravish­da oshiradi, maktab-internatda tashkil qilingan uslubiy birlashmalarning faoliyatida va boshqa shakldagi uslubiy ishlarda ishtirok etadi;
  • maktab-internat pedagogik kengash ishida va maktab-internat ma`muriyati tomonidan o`tkazilayotgan majlislarda ishtirok etadi;
  • maktab-internat direktori va boshlang`ich kasaba uyushmasi tomo­nidan tasdiqlangan navbatchilik jadvaliga binoan maktab-internat buyicha navbatchilik qiladi;
  • o`quvchilarning ota-onalari (ularning urnini bosuvchi shaxslar) bilan doimiy aloqada bo`ladi;
  • o`qituvchilar oliy o`quv yurtlariga kiruvchilar uchun maxsus repititorlik guruhlari tashkil qilishlari mumkin.
  • tashkil qilingan uslubiy birlashmalarning faoliyatida va boshqa shakldagi uslubiy ishlarda ishtirok etadi;
  • Tarbiyachilar:
  • Maktab-internat tarbiyachilari zimmasiga umumta`lim maktablaridagi sinf raxbarlarining vazifalari yuklatiladi ;
  • Ular o`quvchilar shaxsini hur­mat qilishlari, ularni mavjud qonunlarga, mehnatga, ota- onalarga, ma`naviy, tarixiy, milliy va umuminsoniy kadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashlari;
  • o`sib-ulg`ayib kelayotgan yosh avlodni bir-birini tushunish, xalqlar, millatlar va el-elatlar o`rtasidagi tinchlik ahillik va inoqlik ruhida tarbiyalashlari va ular­ni zo`ravonlikning barcha ko`rinishlaridan himoya qilishlari;
  • o`zlarining kasbiy mahoratlarini doimo takomillashtirib borishlari talab etiladi.
  • ijtimoiy hayot uchun ma`qul bo`lmagan xatti-harakatlar qilishdan saqlanishlari, o`quvchilarining ham xatti-harakatlaridan xabardor bo`lishlari;
  • maktab-internat obro`si, ta`lim – tarbiya sifati va samaradorligini oshirish yo`lida faollik ko`rsatishlari;
    • Maktab-internat o`qituvchilari har 3 yilda yoki malaka oshirishga ehtiyoj tug`ilganda ma­laka oshirish institutlarida o`z kasbiy mahoratlarini va malakalarini takomillashtiradilar, yosh mutaxassislar esa o`quv yurtini bitirganlaridan keyin uch yildan so`ng malaka oshirishdan o`
    • Pedagog xodimlarning malaka toifalari malaka ko­missiyasi    tomonidan tuzilgan va  attestatsiya to`g`risidagi tegishli Nizomga binoan o`tkazilgan attestatsiya natijalariga ko`ra belgilanadi.
    • Maktab-internat pedagog  xo­dimlari:    maktab-internat  Pedago­gik  kengashida,   maktab-internatning boshqa ichki  birlashmalarida,  ishchilar jamoasining umu­miy yig`ilishlarida qatnashish yo`li  bilan  maktab-internatni  boshqarishda ishtirok etadilar.
    • Maktab-internat pedagog xo­dimlari o`z  vakolatlari doirasida quyidagi vazifalarni amalga oshiradilar:   o`quvchilarga o`qitilayotgan fanning o`ziga xos  xususiyatlarini  va o`quvchilarning yoshini xisobga olgan holda ta`lim va tarbiya berish,ularda umumiy madaniyatni   shakllantirishga, o`quvchilar ixtisoslashtrilgan yo`nalishlarni ongli raishda tanlashlariga va o`zlashtirishlariga ko`maklashish, o`quv jarayonida xavfsizlik texnikasi me`yorlari va qoidalariga rioya qilinishi tartibini ta`minlash.

 

 

 

  1. VI. MAKTAB-INTERNATNI BOShQARISh

 

  • Maktab-internatda ta`lim-tarbiya ishlari mazkur Ustavning 1.1 (birinchi   qism   birinchi bandida)  ko`rsatilgan   xujjatlar asosida olib boriladi.
  • Maktab-internatni boshqarish demokratiya,   oshkoralik,   o`z-o`zini  boshqarish  tamoyillari asosida amalga oshirila­di. Maktab-internat jamoasi o`ziga yuklatilgan vazifalarni ota-ona­lar, mahalla qo`mitalari, keng jamoatchilik bilan  mustahkam hamkorlikda amalga oshiradi.
  • Maktab-internat pedagogika kengashi maktab-internatni boshqarishning oliy organi   h Maktab-internat direktori o`z lavozimi  bo`yicha  pedagogik  kengash raisi hisoblanadi.
  • Maktab-internatda pedago­gik,   metodik,   vasiylik  kengashlari   hamda   ota-onalar qo`mitasi Xalq ta`limi vazirligi  buyruqlari  bilan  o`rnatilgan tartibda tasdiqlangan tegishli   Nizomlar  asosida shakllanadi  hamda   faoliyat ko`
  • Maktab-internatning o`quv-tarbiya jarayoni  va kundalik faoliyatiga bevosita rahbarlikni maktab-internat  direktori olib boradi.

  Maktab-internat direktori:

  • Maktab-internat direktori o`quv-tarbiya jarayoniga va maktab-internatning kundalik faoliyatiga bevosita rahbarlik qiladi, maktab-internatda ta`lim berish (o`quv-tarbiya) ishini tashkillashtiradi, maktab-internatning ma`muriy-xo`jalik (ishlab chiqarish), moliyaviy ishini ta`minlaydi, maktab-internatda xavfsizlik texnikasi me`yorlari va qoidalariga rioya qilish tartibini yaratadi.
  • Maktab-internat direktori shahar hokimligining taqdimotiga ko`ra viloyat xalq ta`limi boshqarmasi boshlig`i  tomonidan  lavozimiga tayinlanadi va bo` Maktab-internat direktori ish  faoliyatida bevosita  VXTB boshlig`iga bo`ysunadi.
  • Maktab-internat direktori  mehnat ta`tilida  yoki  vaqtinchalik mehnatga layoqatsiz bo`lgan davrda uning vazifalari direktorning o`quv-tarbiya ishlari buyicha o`rinbosari zimmasiga yuklanishi mumkin. Bu kabi hollarda vazifalarni ijro etish direktor buyrug`i yoki ob`ektiv sabablarga ko`ra te­gishli buyruq chiqarish uchun imkon bo`lmasa VXTB boshlig`ining buyrug`i  asosida amalga oshiriladi.
  • Maktab-internat direktori o`z ixtisosligi bo`yicha oliy ma`lumotga va pedagogik yoki raxbarlik lavozimlarida kamida 5 yil ish stajiga ega hamda tegishli attestatsiyadan o`tgan  kamida  1-toifali o`qituvchi   bo`lishi lozim.
  • Maktab-internat direktori  maktab-internat  ichida yoki undan tashqarida o`rindoshlik asosida boshqa rahbarlik lavozimlarida (ilmiy va ilmiy-uslubiy   rahbarlikdan tashqari) ishlashiga yo`l qo`
  • Maktab-internat direktorining mansab vazifalari  o`rindoshlik asosida  ijro  etilishi  mumkin emas.
  • Maktab-internat direktoriga uning o`rinbosarlari bevosita bo`ysuna­di. Maktab-internat direktori o`z vakolatlari doirasida  maktab-internatning har bir hodimi va o`quvchisiga ular uchun bajarilishi majburiy bo`lgan ko`rsatmani berishga haq
  • Maktab-internat direktori o`z vakolatlari doirasida quyidagi mansab vazifalarini bajaradi:
  • Maktab-internat Ustavi va O`zbekiston Respublikasining qonun xujjatlariga muvofiq maktab-internat faoliyatining barcha yo`nalishlari yuzasidan umumiy   rahbarlikni amalga oshiradi;
  • pedagogik kengash bilan birgalikda maktab-internatni rivojlantirish strategiyasi, maqsadlari va vazi­falarini belgilaydi, uning ishini dasturiy rejalash tug`risida
    qarorlar qabul qiladi;
  • muassasaning rivojlanish dasturlarini,  maktab-internatdagi ta`limiy dasturlar,  o`quv  rejalari, kurslar, fanlar, o`quv-uslubiy xujjatlar, Ustav va ichki tartib qoidalarini  ishlab chiqish,  tasdiqlash va joriy etish ishlarini amalga oshiradi, Maktab-internatning boshqa ichki me`yoriy xujjatlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi;
  • maktab-internatning yangi o`quv yiliga, kuz-qish mavsumiga tayyor bo`lishini tashkil etadi va ta`minlaydi, maktab-internatda obodonlashtirish, ko`kalamzorlashtirish ishlarini amal­ga oshiradi, qabul qilish dalolatnomalarini imzolaydi;
  • maktab-internat faoliyati jarayonida yuzaga keladigan  o`quv-uslubiy, ma`muriy,  moliyaviy, xo`jalik va boshqa masalalarni hal qilishda ishtirok etadi;
  • maktab-internatning pedagog va bo­shqa hodimlari ishini rejalashtiradi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi;
  • kadrlarni saralash, ishga qabul qilish va joy-joyiga qo`yish ishlarini amalga oshiradi, xodimlarning mansab vazifalarini  belgilaydi,  ularning kasbiy mahoratini  oshirish uchun  shart-sharoit yaratadi;
  • o`quvchilar uchun mashg`ulotlar jadvalini, maktab-internat xodimlarining ish jadvallari va pedagogik yuklamasini, tarifikatsion ruyxatlar va mehnat ta`tillari jadvallarini tasdiqlaydi;
  • Xodimlarning ijodiy tashabbusini qo`llab-quvvatlaydi va pag`batlantiradi, jamoada  ijobiy ma`naviy sof muhitni  shakllantiradi, maktab-internat o`quvchilari va xodimlarining salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlash maqsadida maktab-internatda umumiy ovqalanish tashkilotlari va tibbiy muassasalar faoliyat ko`rsatishi uchun kerakli  shart-sharoitlar  yaratilishini ta`minlaydi, ularning ishini nazorat kiladi;
  • jamoa shartnomasi bajarilishini ta`minlaydi, maktab-internat pedagoglar jamoasi, kasaba uyushmasi tashkilotiga mu`tadil ishlash uchun kerakli sharoitlar yaratadi;
  • davlat, jamoat va boshqa organlarda, tashkilotlarda va muassasalarda maktab-internat manfaatlarini himoya qiladi;
  • jixozlarning muxandislik-texnikaviy kommunikatsiyalari xavfsiz foydalanishini ta`min­laydi, ularni mehnat muhofazasi bo`yicha amal qilayotgan standartlarga, qoidalarga va me`yorlarga muvofiq, bo`lgan holatga keltirish
    choralarini ko`radi, maktab-internatning binosi ko`rikdan o`tkazilishi va  ta`mirlanishini  o`z vaqtida tashkil etadi;
  • O`zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida va maktab-internat ichki mehnat tartib qoidalarida belilangan tartibda yangi xodimlar qabul qilinishini rasmiylashtiradi;
  • ishga yangi qabul qilingan shaxslar bilan o`rnatilgan tartibda shartnomalarni    imzolaydi, mehnat muhofazasi, texnika xavfsizligi bo`yicha dastlabki ko`rsatma berish, maktab-internat xodimlari bilan ish joyida ko`rsatma berish tadbiri o`tkazilganini daftarda rasmiylashtiradi;
  • xodimlar va o`quvchilarning jarohatlanishi xollarining oldini olish va ular  orasida kasallanish  darajasini  kamaytirish bo`yicha profilaktik ishlarni tashkil etadi va olib boradi;
  • tibbiy xodimlar bilan hamkorlikda tibbiy xizmat ko`rsatilishini va sog`lomlashtirish ishi­ni yaxshilash choralarini ko`radi;
  • kasaba uyushmasi, ota-onalar qo`mitasi va Vasiylik kengashi bilan hamkorlikda ovkatlanish tashkil etilishini yaxshilash, maktab-internat oshxonasida sifatli ovqat  tayyorlanishi uchun sharoit yaratish choralarini ko`radi;
  • ishlayotganlar va o`qituvchilarning o`quv-mehnat  yuklamasini, ularning ruhiy-jismoniy imkoniyatlarini e`tiborga olgan holda ta`minlaydi,  oqilona mehnat va dam olish  tartibini tashkil eta­di.
  • O`quvchilar va ishlayotganlarning salomatligi uchun xavfli sharoitlar yuzaga kelganida ta`lim jarayoni o`tkazilishini taqiqlashga haq
    • Direktorning moliyaviy xamda moddiy masalalar buyicha vazifalari va majburiyatilari

Yuridik shaxs makomiga ega xalq ta`limi muassasasi, shu jumladan, maktab-internat

mablag`larining bosh boshqaruvchisi mazkur muassasa rahbari hisoblanadi.

Tegishli moliya tashkilotlarining xalq ta`limi muassasalarini moliyalash bo`limlari

bilan birgalikda quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

  • pedagog xodimlar tarifikatsiyasini hisobga olgan holda maktab-internat shtat jadvali va xarajatlar smetasini tuzish va ularni moliya organlarida ro`yxatdan o`tkazish;
  • Belgilangan tartibda ro`yxat­ga olingan xarajatlar smetasi­ni, tovarlar va xizmatlar yetkazib berish bo`yicha shartnomalarni faqat O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi g`aznachiligining xududiy organlari orqali tuzishni hisobga olgan holda bajarish;
  • Belgilangan standartlarga muvofiq ixtisoslashgan maktab-internatida buxgalterlik hisob — kitobi va hisobotini  olib borishini ta`minlash;
  • To`lovlar, oylik maoshni belgilash va to`lash,   nafaqa hamda unga   tenglashtirilgan   boshqa to`lovlarni  uz   vaktida  amalga oshirish, shuningdek maktab-internatda moddiy boyliklarning hisob-kitobini olib borishini tashkil etish va amalga oshirish;
  • Amaldagi qonun xujjatlariga muvofiq tasdiklangan shtatlar, smeta va moliya intizomiga qatiy rioya qilishni ta`minlash;
  • Byud­jet va byudjetdan tashqari topilgan mablag`lar xarajatlar smetasining tuzilishini tahlil kilish va tasdiklash xamda ulardan samarali tejamkorlik bilan foydalanishni, xodimlarga ish  xaqi «Direktor jamgarmasi» dan ukituvchilarga ustamalarning xolisona tayinlanishi, mukofot va moddiy yordam pullarining asoslangan xolda to`lanishi, nokonuniy xarajatlarga yul  kuymaslik choralarini kurishi lozim;
  • Ta`lim muassasasi tovar moddiy-boyliklarining saqlanishini ta`minlash, rivojlantirish, ta`lim  muassasasida  Vazirlar Mahkamasining  1999 yil 3 sentabrdagi 414-sonli qaroriga asosan servis xizmati ko`rsatish faoliyatini tashkil etish,  yuridik, jismoniy shaxslarning va chet el sarmoyadorlarining ixtiyoriy badallarini maktab-internatning moddiy texnik bazasini  rivojlantirishga yo`naltirish va undan belgilangan tartibda  foydalanishni tashkil etadi;
  • markazlashtirilgan tartib­da maktab-internatga beriladigan (jihozlar, maktab-internatga beriladigan maktab-internat xujjatlari, kam ta`minlangan oila farzandlariga beriladigan qishki kiyim-bosh, Prezident covg`aci, ko`mir  va boshka) moddiy boyliklar uchun ishonchnomalar  beradi,  qabul qiladi, har bir uquvchiga yetkazilishini ta`minlaydi hamda belgilangan tartibda rasmiylashtiradi;
  • maktab-internat binolarining texnik holatini, ya`ni saqlanishini, barcha moddiy boyliklar (inventarlar,  turli o`quv kurgazmali jihozlar) ning   saqlanishini nazorat qiladi;
  • har o`quv yili boshlangunga qadar barcha jihozlarni ta`mirlash, har bir sinf xonasini, fan kabinetlarini, laboratoriyalarni ta`mirlash, jihozlash,  yangi o`quv yiliga taxt qilib, ruyxat bo`yicha jihozlash, mebellarni o`qituvchi ,tarbiyachi,  kabinet mudirlariga, laboratoriya mudirlariga belgilangan tartibda (topshirish, qabul qilib olish dalolatnomalari tuzilgan holda) topshirish va o`quv yili yakunlanganda ularni  butun holatda qabul qilib olishni;
  • kommunal xizmat ko`rsatadigan har bir tashkilot bilan ajatilgan limitlar asosida, bel­gilangan tartibda    shartnomalar tuzish hamda xududiy  g`aznachilik bo`limlaridan ruyxatdan o`tkazish uchun muassasa hisobchisiga takdim etilishini ta`minlaydi;
  • kommunal to`lovlar   (gaz, elektr energiya,  suv va issiklik energiyasi) buyicha  hisoblagichlarning  kundalik  ko`rsatkichlarini olib, taxlil qilgan holda, byudjetdan ajratilgan mablag`lardan tejamkorlik bilan foydalanishni;
  • telefon tarmoklaridan foydalanishda aloqaning uzluksizligini, sifatini  nazorat  qilish hamda aloqa  buzilgan hollarda xududiy telefon tarmoqlari bo`linmalariga xabar berib, aloqani tiklash choralarini ko`rishni;
  • maktab-internat sanita­riya xolatining talab darajasida bo`lishida farroshlar,   binoni qo`riklashda  qorovullar,  atrof-muhitni obodonlashtirishda bog`bonlar  ishining to`g`ri  tashkil kilinishini;
  • muassasada xodimlar o`rtasida shanbaliklarni, ko`kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlarini tashkil etishni;
  • qish mavsumida issiqlik tizimidan foydalanishda xizmatko`rsatuvchi tashkilot bilan tuzilgan shartnomaga asosan issiqlik bosimining   yetarli  darajada bo`lishini, uning davomiyligini, issiqlik yetarli darajada bo`lmagan  kunlarda xizmat ko`rsatuvchi tashkilotga ma`lum qilish hamda ushbu kunlarni ruyxatga olib, muassasa xisobchisiga issiklik uchun  tulab  beriladigan  mablag`larni qayta xisob-kitob qilishi haqida ogohlantirishni;
  • kuz-qish mavsumiga muassasa binosi tomlarini, oyna va romlarini, isitish tizimini,  kana­lizatsiya quvurlarini ta`mirlab, tayyor holga keltirilishini ta`­minlaydi.
    • Maktab-internat direktorining o`quv-tarbiya ishlari bo`yicha o`rinbosari:

6.7.1Maktab-internat direktorining o`quv-tarbiya ishlari bo`yicha o`rinbosari maktab-internat direktorining tavsiyasiga ko`ra viloyat xalq ta`limi boshqarmasi boshlig`i tomonidan lavozimiga  tayinlanadi va bo`shatiladi.

6.7.2 Maktab-internat            direktorining o`kuv-tarbiya ishlari buyicha o`rin­bosari maktab-internat direktori bilan hamkorlikda maktab-internatdagi o`quv-tar-­
biya jarayonini tashkil etadi, maktab-internat pedagoglari jamoasiga uslu-
biy jihatdan rahbarlik qiladi, o`quv jarayonida xavfsizlik texnikasi me`yorlari va qoidalariga rioya qilinishi tartibini ta`minlaydi, o`quv ishi bo`yicha hisobotlarni yuritadi va umumiy majburiy ta`lim bo`yicha ishni tashkillashtiradi.

6.7.3.Maktab-internat direktorining o`quv-tarbiya ishlari bo`yicha o`rinbosari bevosita maktab-internat direktoriga bo`ysunadi.

6.7.4.Maktab-internat direktorining o`quv-tarbiya ishlari bo`yicha o`rinbosariga bevosita:  o`kituvchilar, o`quvchilar,laboratoriya xodimlari bo`ysunadi.

6.7.5Maktab-internat direktorining o`quv-tarbiya ishlari bo`yicha o`rinbosari o`z vakolatlari doirasida quyidagi mansab vazifalarini bajaradi:

  • pedagoglar jamoasining faoliyati kundalik va istiqbol rejalashtirilishini tashkil etadi;
  • o`qituvchilar va boshqa pedagog xodimlarning o`quv rejalarini va dasturlarini bajarish bo`yicha ishlarni muvofiqlashtiradi;
  • zaruriy o`quv-uslubiy xujjatlar ishlab chiqilishini tashkil etadi va muvofiklashtiradi;
  • ta`lim jarayoni sifati va o`quvchilarning ta`limiy tayyorgarlik natijalari ob`ektiv ravishda baholanishini, to`garaklar va fakultativlar ishini muntazam nazorat qiladi;
  • maktab-internat pedagog xodimlari tomonidan o`tkazilayetgan darslar va o`quv mashg`ulotlarining boshqa turlariga tashrif buyuradi (o`quv yili davomida kamida 180 soat), ularning shakli va mazmunini tahlil qiladi, taxlil natijalarini pedagoglarga ma`lum qiladi;
  • imtixonlarga tayergarlik ko`rish va ularni o`tkazish ishlarini tashkil etadi;
  • ota-onalar uchun ma`rifiy ishlarni tashkil etadi, o`quv-tarbiya jarayonini tashkil etish masalalari yuzasidan ota-onalarni(ularni o`rnini bosuvchi shaxslarni) qabul qiladi;
  • pedagog xodimlarga yangi (innovatsion) dasturlar va pedagogik texnologiyalarni o`zlashtirish va ishlab chiqishda yordam beradi;
  • o`quv mashg`ulotlari va ta`lim faoliyati boshqa turlarining jadvallarini tuzadi, vaqtinchalik yo`q bo`lgan, o`qituvchilarning darslari sifatli va o`z vaqtida almashtirilishini ta`minlaydi, qoldirilgan  va  boshqa o`qituvchi o`rniga o`tilgan darslarni  qayd etish jurnalini yuritadi;
  • belgilangan hisobot xujjatlari o`z vaqtida tuzilishini ta`minlaydi, pedagoglar tomonidan sinf jurnallari va boshqa xujjatlar tug`ri va o`z vaqtida yuritilishini nazorat qiladi;
  • pedagog kadrlarni saralash va joy-joyiga quyishda ishtirok etadi, ularning  malakasini  va kasbiy maxoratini oshirish  ish­larini  tashkil  etadi;  uslubiy birlashmalar  ishiga  rahbarlik qiladi, o`z malakasini oshiradi;
  • maktab-internat pedagog va boshqa xodimlarini attestatsiyadan  o`tkazishga tayyorgarlik ko`rish va uni o`tkazishda ishtirok etadi;  pedagoglar  va o`quv-tarbiya xodimlar tarkibining ish vaktini hisobga olish tabelini yuritadi, imzolaydi va maktab-internat direktoriga topshiradi;
  • direktorning ma`muriy-xo`jalik ishlar bo`yicha o`rinbosari ishtirokida o`quv xonalari, ustaxonalar, sport zali hamda yordamchi xonalarni  pasportlashtirish ishlarini tashkil etadi;
  • mehnatni muhofaza  qilish bo`yicha yo`riknomalar hamda amaliy va laboratoriya ishlarini bajarish bo`yicha uslubiy ko`rsatmalarni bajarilishini vaqti-vaqti bilan kamida 5 yilda 1 marta qayta ko`rib chiqi­lishini tashkil etadi;
  • direktorning o`quv-tarbiyaviy ishlar bo`yicha o`rinbosari bilan xamkorlikda yo`l xarakati, kucha-kuyda uzini tutish,  yongin xavfsizligi koidalariga rioya kilinishi  tartibini belgilaydi
  • kasaba ko`mitasi bilan hamkorlikda o`quv asboblari va laboratoriya jihozlari,  ko`rgazmali qurollar, maktab-internat mebelidan foydalanish va saqlash bo`yicha ma`muriy-jamoa nazoratini amalga oshiradi;
  • namunaviy ro`yxatlarda nazarda tutilmagan, shu jumladan tegishli ruxsatnoma-dalolatnomasiz ustaxonalarda,o`quv xonalari va boshqa xonalarda o`rnatilgan yasama kimyoviy reaktivlar, o`quv jihozlari va asboblarni olib qo`yish choralarini o`z vaqtida

kuradi, maktab-internat xonalarida xodimlar va o`quvchilarning sog`ligi uchun xavfli

sharoitlar yuzaga kelganida ta`lim jarayonini  tuxtatib turadi;

  • maktab-internatda, turmushda, jamoat joylarida pedagogning jamiyatdagi o`rniga munosib bulgan ahloqiy me`yorlarga amal q
    • Maktab-internat direktorining ma`naviy-ma`rifiy ishlar buyicha o`rinbosari:
      • Maktab-internat direktorining ma`naviy-ma`rifiy ishlar buyicha o`rinbosari maktab-internat direktorining taqdimotiga ko`ra viloyat xalk ta`limi bshqarmasi boshlig`i tomonidan tayinlanadi va lavozimidan ozod qil
      • Maktab-internat direktorining ma`naviy-ma`rifiy ishlar buyicha o`rinbosari o`quvchilar bilan sinfdan tashqari va maktab-internatdan tashqari tarbiyaviy ishni tashkil qiladi, tarbiyaviy jarayon yuzasidan umumiy uslubiy rahbarlikni amalga oshiradi, aniq tadbirlar o`tkazilganida o`quvchilar bilan sin­fdan va maktab-internatdan tashqari ishlashda xavfsizlik texnikasi me`yorlariga va koidalariga rioya qilinishini ta`minlaydi, mahalla ko`mi­tasi va boshqa maktab-internatdan tashqari tashkilotlar bilan hamkorlikda raxbarlik q
      • Maktab-internat direktorining ma`naviy — ma`rifiy ishlar bo`yi­cha o`rinbosari bevosita maktab-internat direktoriga bo`
      • Maktab-internat direktorining  ma`naviy — ma`rifiy ishlar bo`yicha  o`rinbosariga  bevosita:   ,tarbiyachilar, o`quvchilar, sardorlar  bo`
      • Maktab-internat direktorining ma`naviy-ma`rifiy ishlar bo`yicha o`rinbosari  o`z vakolatlari doirasida quyidagi mansab vazi­falarini bajaradi:
    • o`quvchilar bilan sinfdan ta­shqari va maktab-internatdan tashqari olib boriladigan tarbiyaviy ish bo`yicha joriy va istikbol rejalar tuzilishini va uning o`tkazilishini tashkil etadi;
    • maktab-internatdan tashqari tashkilotlar: maxalla ko`mitasi va shu kabi boshqa tashkilotlar bilan olib boriladigan ishlar rejasi tuzilishini tashkil etadi;
    • tarbiyachilar, katta sardor va bevosita ushbu direktor  urinbosariga buysunuvchi  boshqa xodimlarning ishini muvofiklashtiradi;
    • muntazam ravishda tarbiyaviy jarayon sifatini, tugaraklar ishini va maktab-internatdan tashqari tadbirlar o`tkazilishini nazorat qiladi; sinfdan tashqari va maktab-internatdan tashqari tadbirlarga, tuga­rak mashgulotlariga rahbarlik qiladi, ularning shakli va mazmunini tahlil qiladi(o`quv yili davomida kamida 180 soat), tahlil natijalaridan pedagoglarni xabardor qiladi;
    • tarbiyaviy jarayonni tashkil etish masalalari bo`yicha ota-onalarni(ularni o`rnini bosuvchi shaxslarni ) qabul qiladi;
    • maktab-internat direktorining o`quv-tarbiyaviy ishlari bo`yicha o`rinbosari bilan hamkorlikda tarbiyaviy va madaniy bo`sh vaqt faoliyati bo`yicha mashg`ulotlar jadvallarini tuzadi;
    • maktab-internat bo`yicha belgilangan hisobot xujjatlari, shuningdek bevosita o`ziga bo`ysunadigan xodimlar tomonidan tegishli xujjatlar tuzilishini ta`minlaydi;
    • o`quvchilar jamoalariga madaniy-okartuv va sog`lomlashtirish tadbirlarinini o`tkazishda yordam beradi;
    • maktab-internat pedagog va boshqa xodimlarini attestatsiyadan o`tkazishda ishtirok etadi;
    • Tarbiyachilar tomonida mehnatni muhofaza qilish me`yorlari va qoidalariga qat`iy rioya qilinishini ta`minlaydi;
    • tarbiyachilar, guruhlar, to`garaklar va sport seksiyalari rahbarlariga safarlar, ekskursiyalar, ishlab chiqarish va jamoatchilik uchun foydali mehnatni va x.k.larni tashkil etishda, shu jumladan o`quvchilar mehnatini muhofaza qilish va yongin xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishini nazorat qiladi va ularning bajarilishi uchun tegishli choralar ko`radi;
    • o`quvchilar va ularning ota-onalari (ularning o`rnini bosuvchi shaxslar bilan) ko`chada, suvda va x.k.larda sodir bo`ladigan jarohatlanishni, YTX, baxtsiz xodisalarni oldini olish buyicha tadbirlarni tashkil etadi; ota-onalarni tarbiyaviy ish olib borishga jalb etishni tashkil etadi;
    • maktab-internatdan tarbiyaviy ishlarini tashkil qilish bo`yicha jamoat tashkilotlari bilan xamkorlikni ta`minlaydi va  qo`llab quvvatlaydi;
    • jamoat joylarida pedagogga xos bo`lgan ahlok me`yorlariga rioya qilinishini ta`minlaydi

 

 

  • Maktab-internat rahbarining xo`jalik ishlari bo`yicha o`rinbosarining yoki xo`jalik mudirining moddiy javobgarlik bo`yicha vazifalari va majburiyatlari

 

  • Maktab-internat direktorining ma`muriy-xo`jalik ishlari bo`yi­cha o`rinbosari maktab-internat direktori­ tomonidan lavozimga tayinlanadi va bo`shatiladi.
  • Maktab-internat direktorining ma`muriy-xo`jalik ishlari bo`yicha o`rinbosari bevosita maktab-internat direktoriga bo`
  • Maktab-internat direktorining ma`muriy-xo`jalik ishlar bo`yicha o`rinbosari o`z vakolatlari doirasida quyidagi mansab vazifalarini amalga oshiradi:
  • maktab-internat binolarining texnik xolatiga, ya`ni saqlanishiga, barcha moddiy boyliklar (inventarlar, turli o`quv ko`rgazmali jihozlar) ning   saqlanishiga javobgardir;
  • maktab-internatdagi xo`jalik ishchilarini nazorat qilish, xar oyda hisobxonaga,  ishchi-xodimlarni ishga kelganligi hakida tabel topshirish;
  • hisobxonaga oy oxirida kirim, chiqim qilingan moddiy tovar boyliklarning  (muassasaga olib   kelingan   inventarlarni, xo`jalik va kanselyariya mollarini kirim qilish, ularni o`z vaqtida tarqatish,  ro`yxatdan chiqarilgan moddiy  boyliklarni  chiqim qilish)  aylanma  qaydnomasini topshirish;
  • har o`quv yili boshlanguncha barcha jihozlarni ta`mirlash, xar bir sinf xonasini, fan kabinet­larini, laboratoriyalarni ta`mirlash, jixozlash, yangi o`quv yiliga taxt qilib, ro`yxat bo`yicha jixozlar, mebellarni sinf raxbarlariga,  kabinet mudirlariga, laboratoriya mudirlariga belgilangan tartibda (topshirish-kabul kilib olish dalolatnomalari tuzilgan xolda) topshirish va o`quv yili yakunlanganda ularni  butun holatda qabul qilib olish;
  • kommunal xizmat ko`rsatadigan har bir tashkilot bilan aj­ratilgan limitlar asosida, belgilangan tartibda    shartnomalar tuzish hamda xududiy  g`aznachilik bo`limlaridan ro`yxatdan o`tkazish uchun muassasa hisobchisiga takdim etish;
  • kommunal to`lovlar (gaz, suv, elektr va  issiklik energiyasi) bo`yicha hisoblagichlarning kundalik ko`rsatkichlarini olib, tahlil qilgan xolda, byudjetdan ajratilgan mablag`lardan tejamkorlik bilan   foydalanishni   tashkil qilish;
  • telefon tarmoklaridan foy­dalanishda, aloqaning uzluksizligini, sifatini nazorat  qilish hamda aloqa buzilgan hollarda xududiy   telefon tarmoqlari bo`linmalariga xabar berib, aloqani tiklash choralarini ko`rish;
  • ta`lim muassasasi sanita­riya xolatining talablar darajasida bo`lishida farroshlar, bino­ni qo`riklashda qorovullar, atrof muhitni obodonlashtirishda   bog`bonlar   ishini  tashkil qilish;
  • bir yilda bir marta muas­sasa hisobchisi bilan birgalikda moddiy boyliklarni   turlari bo`yicha inventarizatsiya qilish;
  • muassasada xodimlar o`rtasida shanbaliklarni, ko`kalamzorlashtirish va obodonlashti-rish ishlarini tashkil etish va ularda faol qatnashish;
  • qish mavsumida issiqlik tizimidan foydalanishda  xizmat ko`rsatuvchi tashkilot bilan tuzilgan shartnomaga asosan issiqlik bosimining  yetarli  darajada bo`lishini, uning davomiyligini, issiklik yetarli darajada bo`lmagan    kunlarda xizmat ko`rsatuvchi tashkilotga ma`lum qilish hamda ushbu kunlarni ruyxatga olib, mu­ssasa hisobchisiga issiqlik uchun to`lab  beriladigan  mablag`larni qayta hisob-kitob qilishi haqida ogohlantirish; kuz-qish mavsumiga muassasa binosi tomlarini, oyna va romlarini, isitish tizimini, kana­lizatsiya  quvurlarini ta`mirlab, tayyor holga keltirish;
  • yakka tartibda isitiladigan ta`lim muassasalarida qattiq va suyuk yoqilg`i materiallarini vaqtida yetkazish va sifatli saqlash, ularni belgilangan miqdorlarda sarflash hamda isitish tizimining optimal darajada ishlashini ta`minlash;
  • yong`in xavfsizligi asboblarining yetarli darajada bo`lishini nazorat qilish.
    • Maktab-internat rahbarining xo`jalik ishlari bo`yicha o`rinbosarining zimmasiga kassirlik vazifasi yuklatilgan holatda:
  • Maktab-internat kassiriga tubandagilar yuklatiladi: naqd pullarni davlat bankidan qabul qilish va topshirish bo`yicha kassa operatsiyalarini O`zbekiston Respublikasi Konunchiligiga muvofiq, tasdiqlangan   birlamchi hisob xujjatlari  shakllari  bilan rasmiylashtiradi;
  • kassa operatsiyalari hisobini O`zbekiston Respublikasi Mo­liya vazirligi tomonidan tasdiq­langan shakl bo`yicha maxsus kassa daftarida yuritadi hamda kassa
    daftarini uchirishlar va tuzatishlar qilishga yo`l qo`ymasdan olib boradi;
  • maktab-internat xodimlariga ish haqi va unga tenglashtirilgan tulovlar (ya`ni xizmat safari xarajatlari, kasalik varakalari,  suyunchi pullari,  qarilik nafaqalari, 2 yoshgacha bolasiga qarayotgan  onalarga to`lanayotgan nafaqalar) bo`yicha bankdan nakd pulga  buyurtma  beradi  va nakd pul oladi hamda xodimlarga o`z  vaqtida berilishini ta`min­laydi. Kundalik tarqatilgan nakd pullar haqida maktab-internat rahbariga hisobot berib boradi. Kassaga doir barcha moliyaviy xujjatlar va kassa kitobini yuritadi;
  • kassada pul mablaglarining saqlanishi va tarqatilmagan pul mablag`larini bank muassasasiga qaytib   topshirishga  javobgar hisoblanadi.
    • Maktab-internatda buxgalter, moddiy javobgar shaxs xisoblanadi.

Maktab-internat buxgalteri o`z vazifalarini uning vakolat va javobgarlik doirasi

belgilangan umum­ta`lim maktablari (maktab-internatlari) buxgalteri xaqidagi te­-

gishli  Nizom talablari asosida amalga oshiradi.

 

VII. MAKTAB-INTERNATGA QABUL QILISh TARTIBI

 

  • Maktab-internatga 4-sinfni bitkazgan iktidorli o`quvchilar nizom asosida qabul

qilinadi.

  • Maktab-internat ma`muriyati iqtidorli o`quvchilarni qabul qilish uchun maktab-internatni kengashi bilan hamkorlikda maxsus komissiya tuzadi.
  • Qabul va o`quvchilar qatoridan chiqish maktab-internat ustavi asosida bo` Bo`sh o`rinlarga qabul ham tanlov asosida o`tkaziladi.
  • Maktab-internatda ta`lim olayotgan o`quvchilarda erkin tarzda umumiy ta`lim maktablarida o`qishni davom ettirish huquqi saqlab q Xar chorakda o`quv yilining oxirida maktab-internat kengashi tomonidan o`quvchilarning bilim saviyasi xam ijodiy imkoniyatlarini o`rganish maqsadida sinov-suhbatlari o`tkaziladi.
  • Uzlashtirish 45% dan kam bo`lgan o`quvchilar pedagogika kengashi karoriga asosan direktorning buyrugi bilan maktab-internat ukuvchilari safidan chikariladi.

 

 

VIII. OTA-ONALAR YoKI ULARNING O`RNINI BOSUVChI ShAXSLARNING HUQUQLARI, MAJBURIYaT VA MAS`ULIYaTLARI

 

  • Ota-onalar va ularning o`rnini bosuvchi shaxslar:
  • o`zlarining balog`atga yetmagan bolalari uchun ta`lim shakllarining umumiy maktab-internat turi va o`qish turini tanlash;
  • maktab-internat ma`muriyatidan maktab-internat Ustavi asosida shart-sharoitlar yaratilishini,
    bolaga hurmat bilan munosabatda bo`lishini talab qilish;
  • maktab-internat faoliyatini boshqarishda ishtirok etish huquqiga egadirlar.
    • Ota-onalar yoki ularning o`rnini bosuvchi shaxslar:
  • bolalarning jismoniy va ruxiy  jihatdan  sog`lom  bo`lishi to`g`risida g`amxurlik qilishlari;
  • bolaning qadr-qimmatini hurmat qilishlari, bolada mexnatsevarlik, yaxshilik, muruvvat tuyg`ularini, davlat tili va ona tiliga, madaniy kadriyatlarga nisbatan hurmat fazilat-larini tarbiyalashlari;
  • bolalarini maktab-internatda o`qitish uchun yoki belgilangan ta­lablar hoxishida (shartnoma aso­sida)    pullik ta`lim olishlari uchun  zarur  shart-sharoitlarini yaratishlari shart.
    • Ota-onalar yoki ularning o`rnini bosuvchi shaxslar maktab-internat­da ukuvchilarning manfaatlariga taalluqli masalalar  muhokama qilinayotganda qatnashish huquqiga egadirlar.
    • Ota-onalar yoki ularning o`rnini bosuvchi shaxslar farzandlarining maktab-internatda DTS talablari doirasida   ta`lim-tarbiya olishlari uchun amaldagi qonunlarga binoan maktab-internat bilan barobar mas`uldirlar.

 

  1. MAKTAB-INTERNATNING MODDIY VA MOLIYaVIY XUJALIK TA`MINOTI

 

  • Maktab-internatning moliyaviy ta`minoti Uzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 26 fevraldagi PF-3857-sonli «Xalq, ta`­limi muassasalarini moliyalash tirish mexanizmini takomillashtirish to`g`risida»gi   Farmoni, 2007 yil 29 martdagi PK-609-sonli  «Umumta`lim  maktab-internatlarining namunaviy  shtatlari-ni tartibga solish  chora-tadbirlari to`g`risida»gi Qarori hamda Vazirlar Maxkamasi-ning 2007 yil 30 mart­dagi 63-sonli «Xalk, ta`limi muassasalarining moliyaviy-iqtiso-diy ta`minotini takomillashtirish  chora-tadbirlarini  amalga oshirish to`g`risida»gi  qarori  va ular asosidagi Xalq ta`limi vazirligining buyruq va qarorlari asosida tashkil etiladi.
  • Maktab-internatni moliyaviy ta`minlash belgilangan tartibda byudjetdan ajratilgan mablag`lar, O`zbekiston Respublikasi Konun xujjatlari va mazkur Ustav asosida tuzilgan shartnomalarning bajarilishidan, shuningdek, byudjetdan tashqari mablag`lar, qo`shimcha repititorlik kurslari hisobidan amal­ga oshiriladi. Repititorlik kurslari direktor va o`qituvchilar o`rtasida tuzilgan o`zaro shartnomaga muvofiq Maktab-internatning samarali faoliyat ko`rsatishi uchun zarur sarf-xarajatlar davlat tomonidan bel­gilangan xukukiy me`yoriy xujjatlar asosida tartibga solinadi va maxalliy byudjet hisobidan amal­ga oshiriladi.
  • Malaka toifalari «Attes­tatsiya haqidagi Nizom»ga muvofiq maktab-internat xodimlarini attestatsiyadan o`tkazish jarayonida beriladi.
  • Pedagog-kadrlarga kasb mahorati va maktab-internatdan tashqari faoliyatlari uchun ustamalar, moddiy rag`batlantirish va mukofotlash Vazirlar Maxkamasining 2005 yil 21 dekabrdagi 275-sonli karori asosida amalga oshiriladi.
  • Kuni  uzaytirilgan  guruh tarbiyachilariga tanlov bo`yicha yoki fakultativ  mashg`ulotlar  uchun o`quvchilar sonidan  qatiy  nazar faqat  alohida  sinf  yoki  guruh
    o`quvchilari uchun o`tilgan soatlar mikdoriga qarab ish xaqi to`lash amalga oshiriladi.
  • Maktab-internatda amaldagi qonunchilik xujjatlariga muvofiq pullik xizmatlar ko`rsatishga ruxsat etiladi.
  • Maktab-internatning moddiy-texnika negizi tarkibiga yer, binolar, sport inshootlari, kommunikatsiyalar, texnik vositalar, asbob-uskunalar,   mebellar, o`quvchilarni o`qitish va tarbiyalash uchun foydalanadigan boshqa mulklar kiradi.
  • Maktab-internat binosi  texnika xavfsizligi va sanitariya — gigiyena me`yorlariga muvofiq jihozlanadi  va foydalaniladi.  Maktab-internatning moddiy-texnika negizini mustahkamlash va rivojlantirish mahalliy byudjet hisobidan, shu­ningdek, moliyaviy ta`minlashning qo`shimcha  mablag`lari hisobidan amalga oshiriladi.
  • Maktab-internatning buxgalteriya hisobi, boshqa hisob-kitob ishla­ri maktab-internat direktori, moddiy javobgar shaxs va buxgalterlar tomonidan amalga oshiriladi, ya`ni Vazirlar Maxkamasining 2007 yil 30 martdagi 63-sonli qarori asosida olib boriladi.

 

  1. MAKTAB-INTERNATNING XALQARO HAMKORLIK FAOLIYATI

 

  • Amaldagi qonunchilikka asosan umumta`lim maktab-internati xalqaro faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega.
  • Maktab-internat xorijiy mamlakat o`quv muassasalari bilan o`qish, dam olish,  fan  olimpiadalari,ko`rik-tanlovlar o`tkazish  yuzasidan tajriba almashish, imkoniyat-
    lari doirasida hamkorlik aloqalar o`rnatishi mumkin.

 

 

                                                               Ushbu ustav maktab – internat pedogogika

                                                               kengashining  11 iyul 2011 yil   13 – sonli

                                                               qarori bilan tasdiqlandi

 

 

                                                               Ped.kengash raisi :           O.X.Eshmetov.  

øàáëîíû äëÿ dle

Maktab haqida

Maktab-internat 1994-yil avgust oyida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning “Iqtidorli yoshlarni qo’llab quvvatlash va ularni rag’batlantirish” to’g’risidagi qaroriga asosan Urganch pedagogika bilim yurtining ikkinchi yotoqxonasi o’quv xonalariga moslashtirib tashkil qilindi.

Biz bilan aloqa

Statistika