> O`zbekiston yangiliklari > Prezident sovgalari bolajonlarga yetkazildi

Prezident sovgalari bolajonlarga yetkazildi


26-12-2016, 01:32. : admin

Bugungi kunga kelib, Mehribonlik va Muruvvat uylari ogil-qizlari, SOS bolalar mahallalari, Bolalar shaharchalari, Godaklar uyi, Oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilari, ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar, yurtimiz tinchligi yolida qurbon bolgan huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining farzandlari uchun 12 nomdagi o'quv qurollari va 15 nomdagi shirinliklardan iborat bo'lgan 11 ming dona Prezident sovg'alari tayyorlanib, joylarga etkazilmoqda.

Joriy yilning 26-dekabr kuni, Toshkent, Sirdaryo, Jizzax viloyatlari va Toshkent shahriga jami 3852 dona Prezident sovgalari avtotransportda yetkaziladi.

Shuningdek, 6041 dona Prezident sovg'alari Ozbekiston havo yo'llari aviakompaniyasining samolyotlari orqali joriy yilning 25-28-dekabr kunlari jadval asosida Qoraqalpogiston Respublikasi va 9 ta viloyatlarga yetkaziladi.

Sovgalar 29-30 dekabr kunlari Qoraqalpogiston Respublikasi, Toshkent shahri va barcha viloyatlarda tashkil etiladigan Prezident archasi tadbirlarida kichkintoylarga tantanali ravishda topshiriladi.

Xalq ta'limi vazirligi
Axborot xizmati

dle 11.2