Ăëŕâíŕ˙ > Ta`lim yangiliklari > O‘quvchilarning bo‘sh vaqti mazmunli tashkil etiladi

O‘quvchilarning bo‘sh vaqti mazmunli tashkil etiladi


22-12-2016, 02:35. Đŕçěĺńňčë: admin

 

Umumiy o‘rta ta'lim maktablarida sinfdan va maktabdan tashqari ta'lim tarbiya ishlarini samarali tashkil etish, o'quvchilarning qiziqishi bo'yicha tashkil etilgan to'garaklar faoliyati va ularga uslubiy yordam ko'rsatish ishlarini yanada rivojlantirish maqsadida joriy yilning 22-dekabr kuni “Barkamol avlod” respublika bolalar badiiy ijodiyot markazida “Sinfdan va maktabdan tashqari ta'lim-tarbiya ishlarini samarali tashkil etish omillari” mavzusida respublika o‘quv-seminari tashkil etildi.

  

 

 

Mazkur o'quv-seminarda Xalq ta'limi vazirligi mas'ul xodimlari, hududiy xalq ta'limi boshqarmalarining ma'naviy-axloqiy tarbiya ishlari bo'yicha mutaxassislari, hududiy “Barkamol avlod” bolalar markazlari direktorlari, uslubchilar, tayanch “Barkamol avlod” bolalar markazlari direktorlari ishtirok etdilar.

 

 

  

 

Bugungi kunda respublikada 211 ta “Barkamol avlod” bolalar markazlari faoliyat ko'rsatib, ularda tashkil etilgan 5577 ta to'garaklarga jami 127 068 nafar o'quvchilar jalb qilingan.

Tadbirda “Barkamol avlod” bolalar markazlarida tashkil etilgan to'garaklar samaradorligini oshirish, ularga o'quvchilar qamrovini kengaytirish, umuman markaz faoliyatini bugungi zamon talablaridan kelib chiqqan holda tashkil etishning dolzarb masalari borasida fikr almashildi.

Xususan, kelayotgan 2017-yil O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” deb nomlanishi soha vakillari oldiga ulkan mas'uliyat yuklaydi. “Barkamol avlod” bolalar markazlarida ota-onalar bilan o'zaro hamkorlikni rivojlantirish, markazlardagi imkoniyatlar va uning bola shaxsining rivojlanishidagi o‘rni, iqtidorini namoyon etish va rag'batlantirishda tutgan muhim ahamiyatini tushuntirish orqali o'quvchilar qamrovini oshirish masalasi muhim ekani ta'kidlandi.

 

 

  

Seminar davomida ishtirokchilar uchun “Barkamol avlod” bolalar markazlarida 24 turdagi to'garaklarni qanday tashkil etish lozimligi bo'yicha namunaviy mashg'ulotlar tashkil etilib, yig'ilganlarga metodik yordam ko'rsatildi, zarur o'quv ko'rgazmali vositalar tarqatildi.

O‘quv-seminari yakunida 2016-yilda Respublikadagi “Barkamol avlod” bolalar markazlari faoliyati sarhisob qilinib, yil davomida samarali faoliyat ko‘rsatgan bir guruh soha vakillari Xalq ta'limi vazirligining mukofoti va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 

Xalq ta'limi vazirligi
Axborot xizmati

řŕáëîíű äë˙ dle 11.2
Âĺđíóňüń˙ íŕçŕä