Ăëŕâíŕ˙ > Ta`lim yangiliklari > Yoshlar va kitobxonlik

Yoshlar va kitobxonlik


23-12-2016, 02:30. Đŕçěĺńňčë: admin

 Bugun Respublika Bolalar kutubxonasida Xalq ta'limi vazirligi tomonidan Ichki ishlar vazirligi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi va Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi bilan hamkorlikda “O‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlikni rivojlantirish va odob-axloq qoidalari nazoratini kuchaytirish” mavzusida respublika o‘quv – seminari bo‘lib o‘tdi.

 

 

  

Mazkur o'quv-seminar O'zbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish, o‘quvchilar o‘rtasida kitobxonlik ko‘nikmalarini rivojlantirish, ta'lim muassasalarida “Umumiy o‘rta ta'lim maktab o‘qituvchi va o‘quvchilarining odob-axloq qoidalari”ga rioya qilinishi ustidan tizimli nazorat o‘rnatish maqsadida tashkil qilindi.

Tadbirda hamkor vazirlik, idoralar mas'ul xodimlari, hududiy xalq ta'limi boshqarmalarining ma'naviy-axloqiy tarbiya ishlari bo‘yicha mutaxassislari, hududiy axborot-resurs markazlari direktorlari, uslubchilar ishtirok etishdi.

 

O‘zbekiston Respublikasi xalq ta'limi vazirining o‘rinbosari D.Kenjaev va boshqalar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev o‘z chiqishlari davomida bir necha marotaba ta'kidlab o‘tgan ustuvor vazifa o‘quvchi-yoshlar va bevosita aholi o‘rtasida kitobxonlikni rivojlantirish yuzasidan qilinadigan ishlar samaradorligini oshirish lozimligini alohida e`tirof etishdi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

Shu ma'noda Xalq ta'limi vazirligi tomonidan o‘quvchi-yoshlar orasida kitobxonlikni targ‘ib qilish maqsadida aniq chora-tadbirlar belgilanib, qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Bugungi kunda xalq ta'limi tizimida 9576 ta axborot-kutubxona muassasalari mavjud bo'lib, shundan 12 tasi viloyat, 199 tasi tuman (shahar) va 928 tasi maktab axborot-resurs markazlari hamda 8648 tasi maktab kutubxonalari hisoblanadi. Ularga jami 4 047 738 nafar o‘quvchilar a'zo bo‘lgan.

Ushbu muassasalarning jami kitob fondi 20,5 mln. dan ortiq nusxani tashkil etib, shundan 216 899 tasi elektron nusxali adabiyotlardir.

Axborot-kutubxona muassasalarni kitob fondini boyitish maqsadida har yili o‘quvchilar uchun sinfdan tashqari mutolaa uchun badiiy adabiyotlar xarid qilinadi.

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

 

2014-yilda 1-4 sinf o‘quvchilariga mo'ljallangan 6 mlrd. so‘mlik 27 nomdagi jami 847 293 nusxa badiiy adabiyotlar xarid qilingan bo'lsa, joriy yilda 5-9-sinf o‘quvchilari uchun 7,2 mlrd. so‘mlik 28 nomdagi 1,2 mln nusxa badiiy adabiyotlar xarid qilinmoqda.

Shuningdek, har yili umumta'lim maktablarida “Kitobxonlar bayrami” tadbirlari doirasida “Adabiyot kunlari”, “Kitobim-oftobim”, “Kitob taqdimoti”, “Maktab-kutubxona-oila-jamoat tashkilotlari” xayriya tadbiri, ota-onalar ishtirokida tashkil etiladigan “Bir farzandga - uch kitob” aktsiyasi kabi tabdirlar hamda “Eng yaxshi kitobxon o‘quvchi” va “Kitobxon maktab” tanlovlari o‘tkazib kelinmoqda.

 

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda ijodkor yoshlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida “Mening birinchi kitobim” loyihasi doirasida iqtidorli yoshlarning kitoblari davlat byudjeti mablag'lari hisobiga chop etilib, maktab kutubxonalarga tarqatib kelinmoqda.

O‘quv-seminari yakunida yoshlarning kitobxonlik darajasini yuksaltirish, axborot-resurs markazlari faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Xalq ta'limi vazirligi
Axborot xizmati

řŕáëîíű äë˙ dle 11.2
Âĺđíóňüń˙ íŕçŕä