0

Konstitutsiya baxtimiz poydevori

Ko'rildi: 537

Xalq ta'limi vazirligi tomonidan har yili an'anaviy tarzda 10 noyabrdan 10 dekabrgacha huquqiy-targ'ibot oyiligi tashkil etilib, oylik doirasida Bosh qomusimizning mohiyatini ochib berishga, o'quvchilarning huquqiy savodxonligini oshirishga qaratilgan turkum huquqiy-ma'rifiy, madaniy tadbirlar intellektual musobaqalar, uchrashuvlar, ijodiy kechalar tashkil etiladi.

Jumladan, 2001 yildan boshlab Xalq ta'limi vazirligi tomonidan hamkor vazirlik va idoralar bilan birgalikda umumta'lim maktabi o'quvchiari o'rtasida Konstitutsiya baxtimiz poydevori ijodiy ishlar tanlovi o'tkazib kelinmoqda. Mazkur tanlovni o'tkazishdan asosiy maqsad konstitutsiyaning mazmun-mohiyatini o'quvchilar ongiga singdirish, ularning huquqiy savodxonligi va madaniyatini oshirish, faol yoshlarni qo'llab-quvvatlash hamda erishayotgan yutuqlarini keng targ'ib qilishdan iborat.

Konstitutsiya baxtimiz poydevori ko'rik-tanlovi to'rt bosqichda: maktab, tuman (shahar), viloyat hamda Respublika bosqichida o'tkazildi.

Ko'rik-tanlovning dastlabki bosqichida qariyib 2 mlndan ortiq 1-8 sinf o'quvchilari diktant, ijodiy bayon, insho va tasviriy san'at yo'nalishlarida ishtirok etdi. Tanlovning tuman va viloyat bosqichidan muvafaqqiyatli o'tgan iqtidorli yoshlar shu yilning 12 dekabr kuni Chilonzor tumanidagi 15-sonli bolalar musiqa va san'at maktabida bo'lib o'tgan respublika bosqichida qatnashdilar.

Hakamlar hay'ati tomonidan o'quvchilarning ijodiy ishlari Bosh Qomusimizning mamlakatimiz va xalqimiz hayotida tutgan o'rni, har bir fuqaro taqdiridagi ahamiyati haqidagi tushuncha va qarashlarini erkin va teran ifoda etganligiga ko'ra xolis baholandi.

Ko'rik-tanlovning Respublika bosqichi g'oliblari Xalq ta'limi vazirligining diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi. Tanlovda o'zlarining ijodiy ishlari bilan faol qatnashgan boshqa ishtirokchilar ham tashkilotchilar tomonidan faxriy yorliq va esdalik sovg'alari bilan mukofotlandi.

Konstitutsiya baxtimiz poydevori - 2016 ko'rik-tanlovi g'oliblari

Insholar yo'nalishida

1-o'rin Halilova Hilola, Yakkasaroy tumanidagi 26-maktabning 9-sinf o'quvchisi
2-o'rin Xolboeva Muborak, Navoiy viloyati Nurota tumani 4-sonli maktabning 9-sinf o'quvchisi
3-o'rin Hoshimov Farrux, Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tumanidagi 20-maktabning 9-sinf o'quvchisi

Tasviriy san'at yo'nalishida

1-o'rin Kim Olga, Xorazm viloyati Urganch shahridagi 28-maktabning 8-sinf o'quvchisi
2-o'rin Usmonova Mushtariy, Toshkent shahar Uchtepa tumanidagi 194-sonli maktabning 8-sinf o'quvchisi
3-o'rin Boltaeva Sarvinoz, Surxondaryo viloyati Jarqo'rg'on tumanidagi 27-sonli maktabning 8- sinf o'quvchisi
Xalq ta`limi vazirligi
Axborot xizmati
dle 11.2
Xato aniqladingizmi?

Xatoni belgilab CTRL+ENTER tugmasini bosing

Izohlar:0

Maktab haqida

Maktab-internat 1994-yil avgust oyida Ozbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning Iqtidorli yoshlarni qollab quvvatlash va ularni ragbatlantirish togrisidagi qaroriga asosan Urganch pedagogika bilim yurtining ikkinchi yotoqxonasi oquv xonalariga moslashtirib tashkil qilindi.

Biz bilan aloqa

Statistika