0

Yilning eng faol ma'naviyat targibotchisi

Ko'rildi: 71

Respublika bolalar kutubxonasida xalq ta'limi yonalishi boyicha Yilning eng faol ma'naviyat targ'ibotchisi korik-tanlovining respublika bosqichi va goliblarni tantanali taqdirlash marosimi bolib otdi.

O'zbekiston Respublikasi xalq ta'limi vazirining orinbosari D.Kenjayev va boshqalar Vatanimiz mustaqilligining ma'naviy asoslarini mustahkamlash, milliy qadriyatlarimiz, an'ana va urf-odatlarimizni asrab-avaylash, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbi va ongiga ona yurtga muhabbat, istiqlolga sadoqat tuyg'ularini chuqur singdirish yo'lida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilayotganini alohida ta'kidlashdi.

Mazkur ko'rik-tanlovni tashkil qilishdan maqsad bugungi kunda amalga oshirilayotgan davlat siyosatining ustuvor yo'nalishlari, keng ko'lamli islohotlarning mohiyati, qabul qilingan qonun hujjatlari va davlat dasturlarining ahamiyatini har tomonlama sharhlash va tushuntirish, ijodiy tashabbuskorlik hamda izlanishlarni e'tirof etish, ularni qo'llab-quvvatlash, rag'batlantirish hamda tajribalarni ommalashtirishdan iborat.

Ko'rik-tanlovning nufuzi yildan-yilga ortib, pedagog xodimlar o'rtasida ommaviylashib bormoqda. Joriy yilda XTMFMTTE tuman (shahar) bo'limlarining o'quvchilarni ma'naviy-axloqiy tarbiyalash sho''basi rahbarlari, umumta'lim maktablari direktorlarining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosarlari, milliy g'oya turkumiga kiruvchi fan o'qituvchilari qatorida tarix, ingliz tili, ona tili va adabiyot fani o'qituvchilari ishtirok etdilar. Bu esa, yosh pedagoglarning ham ko'rik-tanlovga bo'lgan qiziqishi va ishtiroki ortishiga turtki bo'ldi. Tanlovda 2008 yilda 200 nafar pedagog xodimlar ishtirok etgan bo'lsa, 2016 yilda ularning soni 3895 nafar (ulardan 2515 nafari (64,5%) yoshlar)ga etdi.

Tanlov uch bosqichda: tuman (shahar), viloyat, respublika bosqichlarida o'tkazilib, respublika bosqichida Qoraqalpog'iston Respublikasi, Toshkent shahar va barcha viloyatlardan tashrif buyurgan jami 14 nafar ishtirokchi milliy g'oya targ'iboti va ma'naviy-ma'rifiy ishlar samaradorligini yanada oshirish bo'yicha faoliyatiga doir dastur va rejalar, o'tkazilgan tadbirlar dolzarbligi, axborot-kommunikasiya texnologiyalaridan samarali foydalanishi kabi mezonlar asosida jami 100 ballik tizimda baholandi.

Hakamlar hay'ati tomonidan baholangan natijalarga ko'ra:

Oliy o'rin Namangan viloyati Namangan shahridagi 24-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi direktorining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari Yuvashov Sherzod O'lmasovich;

Birinchi o'rin Jizzax viloyati Mirzacho'l tumanidagi 19-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabi direktorining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari - Dadayev Aziz Avvalovich;

Ikkinchi o'rin Buxoro viloyati Buxoro shahridagi 5-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabining ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi - Xojiyeva Nargiza Ulug'bekovna;

Uchinchi o'rin Qashqadaryo viloyati Shaxrisabz tumanidagi 1-davlat ixtisoslashtirilgan maktab-internati direktorining ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari - Almardonova Lobar Nug'monovnalar egalladilar.

Ko'rik-tanlovning Respublika bosqichi g'oliblari vazirlik diplomi, Xalq ta'limi a'lochisi ko'krak nishoni hamda qimmatbaho esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Xalq ta'limi vazirligi
Axborot xizmati

dle 11.2
Xato aniqladingizmi?

Xatoni belgilab CTRL+ENTER tugmasini bosing

Izohlar:0

Izoh qoldirish

:*
     ,

Maktab haqida

Maktab-internat 1994-yil avgust oyida Ozbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning Iqtidorli yoshlarni qollab quvvatlash va ularni ragbatlantirish togrisidagi qaroriga asosan Urganch pedagogika bilim yurtining ikkinchi yotoqxonasi oquv xonalariga moslashtirib tashkil qilindi.

Biz bilan aloqa

Statistika