0

Oquvchilarning bosh vaqti mazmunli tashkil etiladi

Ko'rildi: 77

Umumiy orta ta'lim maktablarida sinfdan va maktabdan tashqari ta'lim tarbiya ishlarini samarali tashkil etish, o'quvchilarning qiziqishi bo'yicha tashkil etilgan to'garaklar faoliyati va ularga uslubiy yordam ko'rsatish ishlarini yanada rivojlantirish maqsadida joriy yilning 22-dekabr kuni Barkamol avlod respublika bolalar badiiy ijodiyot markazida Sinfdan va maktabdan tashqari ta'lim-tarbiya ishlarini samarali tashkil etish omillari mavzusida respublika oquv-seminari tashkil etildi.

Mazkur o'quv-seminarda Xalq ta'limi vazirligi mas'ul xodimlari, hududiy xalq ta'limi boshqarmalarining ma'naviy-axloqiy tarbiya ishlari bo'yicha mutaxassislari, hududiy Barkamol avlod bolalar markazlari direktorlari, uslubchilar, tayanch Barkamol avlod bolalar markazlari direktorlari ishtirok etdilar.

Bugungi kunda respublikada 211 ta Barkamol avlod bolalar markazlari faoliyat ko'rsatib, ularda tashkil etilgan 5577 ta to'garaklarga jami 127 068 nafar o'quvchilar jalb qilingan.

Tadbirda Barkamol avlod bolalar markazlarida tashkil etilgan to'garaklar samaradorligini oshirish, ularga o'quvchilar qamrovini kengaytirish, umuman markaz faoliyatini bugungi zamon talablaridan kelib chiqqan holda tashkil etishning dolzarb masalari borasida fikr almashildi.

Xususan, kelayotgan 2017-yil Ozbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili deb nomlanishi soha vakillari oldiga ulkan mas'uliyat yuklaydi. Barkamol avlod bolalar markazlarida ota-onalar bilan o'zaro hamkorlikni rivojlantirish, markazlardagi imkoniyatlar va uning bola shaxsining rivojlanishidagi orni, iqtidorini namoyon etish va rag'batlantirishda tutgan muhim ahamiyatini tushuntirish orqali o'quvchilar qamrovini oshirish masalasi muhim ekani ta'kidlandi.

Seminar davomida ishtirokchilar uchun Barkamol avlod bolalar markazlarida 24 turdagi to'garaklarni qanday tashkil etish lozimligi bo'yicha namunaviy mashg'ulotlar tashkil etilib, yig'ilganlarga metodik yordam ko'rsatildi, zarur o'quv ko'rgazmali vositalar tarqatildi.

Oquv-seminari yakunida 2016-yilda Respublikadagi Barkamol avlod bolalar markazlari faoliyati sarhisob qilinib, yil davomida samarali faoliyat korsatgan bir guruh soha vakillari Xalq ta'limi vazirligining mukofoti va esdalik sovgalari bilan taqdirlandi.

Xalq ta'limi vazirligi
Axborot xizmati

dle 11.2
Xato aniqladingizmi?

Xatoni belgilab CTRL+ENTER tugmasini bosing

Izohlar:0

Izoh qoldirish

:*
     ,

Maktab haqida

Maktab-internat 1994-yil avgust oyida Ozbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning Iqtidorli yoshlarni qollab quvvatlash va ularni ragbatlantirish togrisidagi qaroriga asosan Urganch pedagogika bilim yurtining ikkinchi yotoqxonasi oquv xonalariga moslashtirib tashkil qilindi.

Biz bilan aloqa

Statistika