0

Yoshlar va kitobxonlik

Ko'rildi: 88

Bugun Respublika Bolalar kutubxonasida Xalq ta'limi vazirligi tomonidan Ichki ishlar vazirligi, Ozbekiston Yozuvchilar uyushmasi va Milliy goya va mafkura ilmiy-amaliy markazi bilan hamkorlikda Oquvchilar ortasida kitobxonlikni rivojlantirish va odob-axloq qoidalari nazoratini kuchaytirish mavzusida respublika oquv seminari bolib otdi.

Mazkur o'quv-seminar O'zbekiston Respublikasining Yoshlarga oid davlat siyosati togrisidagi Qonunining mazmun-mohiyatini keng targib qilish, oquvchilar ortasida kitobxonlik konikmalarini rivojlantirish, ta'lim muassasalarida Umumiy orta ta'lim maktab oqituvchi va oquvchilarining odob-axloq qoidalariga rioya qilinishi ustidan tizimli nazorat ornatish maqsadida tashkil qilindi.

Tadbirda hamkor vazirlik, idoralar mas'ul xodimlari, hududiy xalq ta'limi boshqarmalarining ma'naviy-axloqiy tarbiya ishlari boyicha mutaxassislari, hududiy axborot-resurs markazlari direktorlari, uslubchilar ishtirok etishdi.

Ozbekiston Respublikasi xalq ta'limi vazirining orinbosari D.Kenjaev va boshqalar Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev oz chiqishlari davomida bir necha marotaba ta'kidlab otgan ustuvor vazifa oquvchi-yoshlar va bevosita aholi ortasida kitobxonlikni rivojlantirish yuzasidan qilinadigan ishlar samaradorligini oshirish lozimligini alohida e`tirof etishdi.

Shu ma'noda Xalq ta'limi vazirligi tomonidan oquvchi-yoshlar orasida kitobxonlikni targib qilish maqsadida aniq chora-tadbirlar belgilanib, qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Bugungi kunda xalq ta'limi tizimida 9576 ta axborot-kutubxona muassasalari mavjud bo'lib, shundan 12 tasi viloyat, 199 tasi tuman (shahar) va 928 tasi maktab axborot-resurs markazlari hamda 8648 tasi maktab kutubxonalari hisoblanadi. Ularga jami 4 047 738 nafar oquvchilar a'zo bolgan.

Ushbu muassasalarning jami kitob fondi 20,5 mln. dan ortiq nusxani tashkil etib, shundan 216 899 tasi elektron nusxali adabiyotlardir.

Axborot-kutubxona muassasalarni kitob fondini boyitish maqsadida har yili oquvchilar uchun sinfdan tashqari mutolaa uchun badiiy adabiyotlar xarid qilinadi.

2014-yilda 1-4 sinf oquvchilariga mo'ljallangan 6 mlrd. somlik 27 nomdagi jami 847 293 nusxa badiiy adabiyotlar xarid qilingan bo'lsa, joriy yilda 5-9-sinf oquvchilari uchun 7,2 mlrd. somlik 28 nomdagi 1,2 mln nusxa badiiy adabiyotlar xarid qilinmoqda.

Shuningdek, har yili umumta'lim maktablarida Kitobxonlar bayrami tadbirlari doirasida Adabiyot kunlari, Kitobim-oftobim, Kitob taqdimoti, Maktab-kutubxona-oila-jamoat tashkilotlari xayriya tadbiri, ota-onalar ishtirokida tashkil etiladigan Bir farzandga - uch kitob aktsiyasi kabi tabdirlar hamda Eng yaxshi kitobxon oquvchi va Kitobxon maktab tanlovlari otkazib kelinmoqda.

Ozbekiston Yozuvchilar uyushmasi bilan hamkorlikda ijodkor yoshlarni qo'llab-quvvatlash maqsadida Mening birinchi kitobim loyihasi doirasida iqtidorli yoshlarning kitoblari davlat byudjeti mablag'lari hisobiga chop etilib, maktab kutubxonalarga tarqatib kelinmoqda.

Oquv-seminari yakunida yoshlarning kitobxonlik darajasini yuksaltirish, axborot-resurs markazlari faoliyatini yanada takomillashtirish boyicha kelgusida amalga oshirilishi lozim bolgan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Xalq ta'limi vazirligi
Axborot xizmati

dle 11.2
Xato aniqladingizmi?

Xatoni belgilab CTRL+ENTER tugmasini bosing

Izohlar:0

Izoh qoldirish

:*
     ,

Maktab haqida

Maktab-internat 1994-yil avgust oyida Ozbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning Iqtidorli yoshlarni qollab quvvatlash va ularni ragbatlantirish togrisidagi qaroriga asosan Urganch pedagogika bilim yurtining ikkinchi yotoqxonasi oquv xonalariga moslashtirib tashkil qilindi.

Biz bilan aloqa

Statistika