0

Allomalar ijodi oquvchilar nigohida

Ko'rildi: 68

Mamlakatimizda yosh avlodni ulug ajdodlarimizning olmas merosi, milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashga alohida e'tibor qaratilmoqda. Yoshlarning bu boradagi bilimini boyitish va rag'batlantirish maqsadida korik-tanlovlar, ma'naviy-ma'rifiy kechalar otkazilmoqda, xususan, Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur merosini keng va atroflicha organish, ularning asarlarida uluglangan goyalar mazmunini xalqimiz, ayniqsa, yoshlar ongiga yetkazish yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Xalq ta'limi vazirligi tomonidan Alisher Navoiy tavalludining 576 yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 534 yilligi munosabati bilan umumta'lim maktablarida Navoiyxonlik va Boburxonlik oyligi o'tkazilmoqda.

Ta'lim muassasalarida buyuk bobokalonlarimiz ijodiy merosiga bag'ishlangan adabiy kechalar, ma'naviyat soatlari, ma'rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda. Buyuk ajdodlarni yod etib... mavzusida adabiyot, she'riyat bayramlari, mushoiralar o'tkazilmoqda. Yozuvchi va shoirlar, ma'naviyat va adabiyot fidoiylari ishtirokidagi ushbu tadbirlarda Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti, faoliyati, ijodiy merosining ahamiyati keng tushuntirilmoqda.

Shuningdek, oylik davomida umumta'lim maktablarining ona tili va adabiyot fani o'qituvchilari o'rtasida Navoiy va Bobur asarlarida xalq manfaatlari, insonparvarlik g'oyalarining tarannum etilishi mavzusida taqdimotlar, o'quvchilar o'rtasida Biz Navoiy va Bobur ijodini qanchalik bilamiz, Navoiy va Bobur asarlari o'quvchilar nigohida, Bir g'azal tahlili mavzusida bilimdonlar bellashuvlari, yuqori sinf o'quvchilari o'rtasida Navoiy asarlaridan olgan taassurotlarim, Navoiy lirikasi shaydosiman, Farhod men sevgan qahramon, Boburnomani o'qib..., Bobur ruboiylaridan olgan taassurotlarim kabi mavzularida ijodiy insholar tanlovi otkazilmoqda. Qolaversa, 9-fevral kuni respublikamizdagi umumta'lim maktablarida Navoiy buyuk siymo, Bobur dilbar shaxs mavzusida adabiy-badiiy kecha otkazilishi rejalashtirilgan. Bu tadbirlarda O'zbekiston Yozuvchilar uyushmasidan shoir va yozuvchilar, Navoiy va Boburshunos olimlar, san'atkorlar ishtirok etadi. Bu kabi tadbirlar yosh avlodning bilim va saviyasi, tafakkurini yanada kengaytirish va boyitishda alohida ahamiyat kasb etmoqda.

Oylik doirasida Prezidentimizning Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ'ibot qilish bo'yicha komissiya tuzish to'g'risidagi farmoyishiga asosan maktablarda kitob ko'rgazmalari tashkil qilinib, taniqli yozuvchilar, yosh ijodkorlar va o'quvchi-yoshlar ishtirokida adabiy-badiiy kechalar o'tkaziladi.

Shuningdek, navqiron avlod qalbida kitobga mehr uygotish, ularning mutolaa madaniyatini yuksaltirish maqsadida o'quvchilar o'rtasida ilk bor Olamni kitoblarga toldiramiz shiori ostida Kitoblar estafetasi tadbiri tashkil etiladi. Unga ko'ra, oquvchilarga milliy va jahon bolalar adabiyotining nodir asarlari mutolaa uchun taqdim qilinadi. Oquvchi kitobni oqib bolgach, uni ozining eng yaqin ortogiga, u esa boshqa o'rtog'iga taqdim etadi va shu tarzda o'quvchilar orasida kitob galma-gal aylanib chiqadi va undan barcha o'quvchilar bahramand bolishadi.

Mazkur ma'rifiy tadbirlar yosh avlod bilimini boyitish, tafakkurini charxlash, ma'naviyatini yuksaltirish, milliy adabiyotimizga, kitobga bo'lgan mehrini yanada kuchaytirishga xizmat qilishi shubhasiz.

Xalq ta`limi vazirligi
Axborot xizmati

dle 11.2
Xato aniqladingizmi?

Xatoni belgilab CTRL+ENTER tugmasini bosing

Izohlar:0

Izoh qoldirish

:*
     ,

Maktab haqida

Maktab-internat 1994-yil avgust oyida Ozbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning Iqtidorli yoshlarni qollab quvvatlash va ularni ragbatlantirish togrisidagi qaroriga asosan Urganch pedagogika bilim yurtining ikkinchi yotoqxonasi oquv xonalariga moslashtirib tashkil qilindi.

Biz bilan aloqa

Statistika