0

8-imida Alisher Navoiy tavalludiga bag'ishlangan adabiy kecha bo'lib o'tdi

Ko'rildi: 39

 

 

 

 

 

Alisher  Navoiy

 

Alisher Navoiy 1441-yilning 9-fevralida Hirotda, G`iyosiddin Kichkina xonadonida dunyoga kelgan. Uning otasi Temuriylar saroyida e`tiborli shaxslardan bo`lgan. Onasi esa amirzoda Shayx Abusaid Changning qizi bo`lgan.

Alisher saroy muhitida yashagani uchun alohida tarbiya va nazorat ostida o`sdi. Kichkinaligidanoq she`r va musiqaga ishqi tushgan. Olim-u fozillar davrasida ulg`aydi.

1447-yilda Shohruh Mirzo vafot etib, taxt uchun kurashlar boshlanib ketadi. Alisherlar oilasi esa bu davrda Iroqqa yo`l oladi. Yo`lda, Taft shahrida Navoiy o`z davrining mashhur tarixchish Sharafiddin Ali Yazdiy bilan uchrashadi.

Alisherlar xonadoni 1451-yilda Hirotga qaytadi.

1452-yilda Abulqosim Bobur Mirzo Xuroson taxtiga o`tiradi va notinchliklar ham bosiladi. Alisherning otasi G`iyosiddin Muhammad esa Sabzavorga hokim etib tayinlanadi. Alisher o`qishni davom ettiradi. Maktab yosh Alisherni she`riyat bilan oshno qilib qo`yadi. U Sa`diy Sheroziyning "Guliston" va "Bo`ston", Farididdin Attorning "Mantiqu-t-tayr" asarlarini kuchli ishtiyoq bilan o`qib chiqadi.

"Mantiqu-t-tayr" asari Navoiyga bir umrlik hamroh bo`lib qoladi. Keyinchalik u "Lisonu-t-tayr" nomli asarini yozdi.

1453-yilda G`iyosiddin Muhammad vafot etdi. Alisher Abulqosim Bobur xizmatiga kirdi. Avval Sabzavorda, keyin Mashhadda yashadi. Ikki maktabdosh do`st - Husayn va Alisher yana birga o`ldilar. Bu yillar ham Navoiy uchun ilm olish bilan o`tdi. U shu munosabat bilan 50 ming bayt, 100 ming misrani yod olganini aytib o`tgan.

She`rga mehr Alisherni ijodga undadi. U turkiy va forsiyda she`rlar bita boshladi. U turkiydagi she`rlariga "Navoiy", forsiydagi she`rlariga esa "Foniy" taxallusini qo`llardi.

1457-yilda Abulqosim Bobur vafot etgach, Xuroson taxtiga Abusaid Mirzo o`tirdi. Husayn Boyqaro esa taxt uchun kurashlarga kirishib ketdi. Bu paytda Navoiy Mashhad madrasalarida bilimini oshirish bilan band edi.

Shoir 1464-yilda Hirotga qaytadi. Lekin bi yerda uni qiyinchiliklar kutib turar edi. Sababi, Abusaid Mirzo Abulqosim Bobur yaqinlaridan hisoblangan Alisherning tog`alari Mirsaid Kobuliy va Muhammad Ali G`aribiylarni qatl etgan bo`lib, Alisherning mol-mulki ham davlat hisobiga musodara etilgan edi. Shuning uchun u shaharda uzoq qola olmadi.

Bu davrda Abdurahmon Jomiy, Pahlavon Muhammad va Sayyid Hasan Ardasher kabi do`stlarining ko`magiga tayanadi.

Abdurahmon Jomiyni Navoiy "Nuran Maxdum" deb e`zozlagan. U kishi o`zini siyosatdan uzoq tutar edi. Hatto shahar tashqarisida Sa`diddin Qoshg`ariy (1456-yilda vafot etgan mashhur shayx, Jomiyning ustozi) mozori yonidan joy olib, o`sha yerda yashar edi.

Alisher do`stlari Pahlavon Muhammad va Sayyid Hasan Ardasherlar haqida kitob ham yozgan. U Pahlavon Muhammadni "shamsu-l--millat" (millat quyoshi) deb atagan bo`lsa, Sayyid Hasan Ardasherni esa "bu faqir turk va sart orasida ondin tamomroq (mukammalroq) kishini ko`rmaydurmen" deb ta`riflagan.

Navoiy 60-yillarning ikkinchi yarmida Samarqandda yashadi. Uning Samarqandga kelishi to`g`risida ham turlicha qarashlar mavjud. Tarixchi Xondamir uni o`qish maqsadida kelgan deb aytadi. To`g`ri, u Samarqandda din huquqshunosi va faylasuf Fazlulloh Abullays qo`lida o`qidi. Zahiriddin Muhammad Bobur esa uning Samarqandga kelishi sababini Abusaid surgun gilishi bilan bog`laydi. Chunki Abusaidning Alisherga nisbatan munosabati yomon edi.

Alisher Samarqandda dastlab moliyaviy qiyinchiliklar ichida yashadi. Keyinchalik shahar hokimi Ahmad Hojibek unga rag`bat va homiylik qila boshladi.

Navoiy shu yillarda shoir sifatida shuhrat topa boshladi. 1465-1466-yillarda uning muxlislari she`rlarini to`plab, "Devon" tuzdilar. Bu kitob bugungi kunda "Ilk devon" nomi bilan mashhurdir.

1468-yilda Abusaid Mirzo Eronni egallash uchun bo`lgan jangda halok bo`ladi va taxtga Husayn Boyqaro o`tiradi. U do`stiga maktub yo`llab, uni Hirotga chaqiradi. Alisher Hirotga qaytib, Ramazon hayiti kunlarida do`stiga "Hiloliya" qasidasini taqdim etadi.

Husayn Boyqaro Alisherni davlat ishlariga jalb etib, unga muhrdorlik vazifasini topshiradi. Alisher 1469-1472-yillarda muhrdor, 1472--1476-yillarda esa vazir bo`lib ishladi. 1487-1488-yillarda esa Astrobod hokimi bo`lgan.

Alisher vazir bo`lib ishlagan kezlarida "amiri kabir" ("ulug` amir"), "amiru-l-muqarrab" (podshohga eng yaqin amir) kabi unvonlarga ega bo`ldi.

1480-1500-yillar mobaynida o’z mablag’lari hisobidan bir necha madrasa, 40 rabot (safardagi yo’lovchilar to’xtab o’tish joyi), 17 masjid, 10 xonaqoh, 9 hammom, 9 ko’prik, 20 ta hovuz qurdiradi. Husayn Boyqaro Alisher Navoiyga “muqarrabi hazrati sultoniy” (“sulton hazratlarining eng yaqin kishisi”) degan unvonni beradi. Unga ko’ra Navoiy davlatning barcha ishlariga aralasha olardi.

Alisher Navoiy tarjimayi holi o’z davrida Xondamir, Vosifiy, Husayn Boyqaro, Bobur kabi tarixchi va davlat arboblarining asarlarida aks etgan.

 

 Yuklab olish

шаблоны для dle 11.2
Xato aniqladingizmi?

Xatoni belgilab CTRL+ENTER tugmasini bosing

Izohlar:0

Izoh qoldirish

Введите код:*
Кликните на изображение чтобы обновить код, если он неразборчив

Maktab haqida

Maktab-internat 1994-yil avgust oyida O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning “Iqtidorli yoshlarni qo’llab quvvatlash va ularni rag’batlantirish” to’g’risidagi qaroriga asosan Urganch pedagogika bilim yurtining ikkinchi yotoqxonasi o’quv xonalariga moslashtirib tashkil qilindi.

Biz bilan aloqa

Statistika